Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Soʻz  Morfemalarga boʻlinishi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   310
Soʻz 
Morfemalarga boʻlinishi 
Izoh 
Qarsak 
Qars + ak 
Qarsak soʻzi qars-qars 
soʻzi bilan bogʻliq. Qars-
qars ovozlar yigʻindisi 


65 
qarsakni hosil qiladi. 
Bilak 
Boʻlinmaydi. 
Bilak soʻzi bil (bilmoq) 
soʻzi bilan bogʻliq emas. 
Tepki 
Tep + ki 
Tepki soʻzi tep (tepmoq) 
soʻzi bilan bogʻliq. Tepish 
holati (zarbi) tepki 
hisoblanadi. 
Eski 
Boʻlinmaydi. 
Eski (oldingi, qadimiy) 
soʻzi es (xotira) soʻzi bilan 
bogʻliq emas. 
2) Har bir ma‟noli qism oʻzidan oldingi qismga qoʻshilib qoʻllana olishi 
lozim. 
Gulchilik soʻzi gul-chi-lik tarzida uchta morfemaga ajraladi. Bunda uchinchi 
morfema hisoblangan -lik oʻzidan oldingi qism gulchiga qoʻshilib qoʻllana oladi, 
ya‘ni tilimizda gulchilik degan soʻz mavjud. Shuning uchun -lik alohida morfema 
boʻla oladi. Ikkinchi morfema -chi ham oʻzidan oldingi qism gulga qoʻshilib qoʻllana 
oladi, tilimizda gulchi degan soʻz mavjud. Shu sababdan -chi ham alohida morfema 
hisoblanadi. Dehqonchilik soʻzi esa dehqon-chi-lik tarzida uchta morfemaga emas, 
dehqon-chilik tarzida ikkita morfemaga boʻlinadi. Chunki -chi oʻzidan oldingi qism 
dehqonga qoʻshilib qoʻllana olmaydi, ya‘ni tilimizda dehqonchi degan soʻz mavjud 
emas. Dehqon va dehqonchilik soʻzlari esa mavjud, shuning uchun -chilik bu soʻz 
tarkibida yaxlit bitta qoʻshimcha hisoblanadi. 
Soʻzlarni morfemalarga boʻlishda yuqoridagi jihatni ham inobatga olish lozim. 
Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: 
Soʻz 
Morfemalarga boʻlinishi 
Izoh 
Ishchilik 
Ish-chi-lik 
-lik dan oldingi qism 
ishchi degan soʻz tilimizda 
mavjud. 
Yoʻqchilik 
Yoʻq-chilik 
-lik dan oldingi qism 
yoʻqchi degan soʻz 
tilimizda mavjud emas. 
Qoʻllandi 
Qoʻl-la-n-di 
-n dan oldingi qism qoʻlla 
degan soʻz tilimizda 
mavjud. 
Odatlandi 
Odat-lan-di 
-n dan oldingi qism odatla 
degan soʻz tilimizda 
mavjud emas. 
Kuylashdi 
Kuy-la-sh-di 
-sh dan oldingi qism kuyla 
degan soʻz tilimizda 
mavjud. 
Salomlashdi 
Salom-lash-di 
-sh dan oldingi qism 
salomla degan soʻz 
tilimizda mavjud emas. 


66 
Morfemalar ikki turga boʻlinadi: 
1) asos (yetakchi morfema); 
2) qoʻshimcha (koʻmakchi morfema). 
ASOS (YETAKCHI MORFEMA) 
 
 
Soʻzning asosiy ma‘nosini ifodalab, mustaqil qoʻllana oladigan qismi asos 
deyiladi. 
 
 
2-misol.
1. Ishchilarni → ish-chi-lar-ni 
2. Kitobxonlarimizga → kitob-xon-lar-imiz-ga 
3. Borishdi → bor-ish-di 
4. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik 
Yuqoridagi soʻzlar tarkibida ajratib koʻrsatilgan qismlar asos hisoblanadi. Asos 
soʻz tarkibidan barcha qoʻshimchalar chiqarib tashlangandan soʻng qoladigan 
qismdir. Masalan, kitobxonlarimizga soʻzi tarkibida 4 ta qoʻshimcha (koʻmakchi 
morfema): -xon, -lar, -imiz, -ga mavjud boʻlib, ular soʻz tarkibidan chiqarib 
tashlangandan soʻng asos – kitob soʻzi qoladi.
Soʻzning morfemalari sanalganda ham asos, ham qoʻshimchalar hisoblanadi. 
Masalan, bil-im-don-lar soʻzi 4 ta morfemadan iborat: 1 ta yetakchi morfema (asos), 
3 ta koʻmakchi morfema (qoʻshimcha). 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling