Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1-misol. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati»dan namuna.
KITOB [arabcha: yozilgan, muqovalangan asar]: 1. Ma‘lum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 betdan kam bo‗lmagan, bosma (qadimda qo‗lyozma ham) asar. 2. Umuman, ma‘lum shaxs, voqea-hodisa va boshqalarga oid tugal, odatda, nashr etishga (kitob bo‗lishga) mo‗ljallangan asar. 2-misol. A.Hojiyevning «O‗zbek tili sinonimlarining izohli lug‗ati» kitobidan namuna. 61 Balandlamoq, yuqorilamoq, ko„tarilmoq, o„rlamoq. Baland (yuqori) tomon yo‗nalmoq. Balandlamoq, yuqorilamoq so‗zlarida shu ma‘no aniq sezilib (ifodalanib) turadi. Ko„tarilmoq, umuman, pastki nuqtadan tikkaga qarab yo‗nalishni bildiradi. Baland (yuqori) tomonga qarab yo‗nalish ma‘nosi esa ma‘lum so‗z yoki boshqa vositalar yordamida reallashadi. O„rlamoq kam qo‗llanadi. Soʻzlarning ma‘nosi keng izohlanadigan lugʻat izohli lugʻat deyiladi. Imlo (orfografik) lugʻatida tilimizdagi soʻzlarning toʻgʻri yozilishi koʻrsatiladi. Soʻzlar alifbo tartibida beriladi. Yurtimizda imlo lugʻatlari bir necha bor nashr etilgan. Eng oxirgisi 2013-yilda chop etilgan imlo lugʻatidir. Unda 85000 dan ortiq soʻzning yozilishi qayd etilgan. 3-misol. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati»dan namuna. HAVAS [arabcha – aqlini yo‗qotish, ehtiros; mayl, ishtiyoq; biror narsaga g‗oyat berilganlik, kuchli istak]: 1. Qiziqish, zavq hissi; shunday his-tuyg‗uli munosabat. 2. Biror ish-faoliyat, kasb-korga bo‗lgan rag‗bat, intilish, istak, mayl. HASAD [arabcha – rashk, ko‗rolmaslik, qizg‗anish, suq, baxillik] kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni ko‗rolmaslik, xush ko‗rmaslik his- tuyg‗usi. 4-misol. «Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalarning izohli lug‗ati»dan namuna. TADBIRKOR – iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‗shilishini ta‘minlovchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy xavf-xatardan, javobgarlikdan qo‗rqmaydigan kishilar. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling