Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
IBORALAR
Ma‘nosi bir so‗zga teng keladigan va doimo koʻchma ma‘noda qoʻllanadigan so‗zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Masalan: ogʻzi qulogʻiga yetgan – xursand, koʻkka koʻtarmoq – maqtamoq, yogʻ tushsa yalagudek – toza. Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‗roqqa javob bo‗ladi va bitta gap bo‗lagi vazifasida keladi: Bizni oʻqitishga otamning qoʻli kaltalik qildi. Ushbu gapdagi qoʻli qaltalik qildi iborasi yaxlit nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻladi va gapda kesim vazifasini bajaradi. Iboraning tarkibiy qismlari ajralmaydi. Iboralar nutqni ta‘sirchan, jozibali qiladi. 1-misol. Og‗zi qulog‗iga yetgan, oyog‗ini qo‗liga olib keldi, yog‗ tushsa yalagudek, tilining uchida turmoq, tishining kovagida saqlamoq, belni bog‗lamoq, do‗ppisini osmonga otmoq, tirnoq ostidan kir qidirmoq, ko‗kka ko‗tarmoq, tomdan tarasha tushganday. Iboralar ikki va undan ortiq so‗zlardan tashkil topgani bois qo‗shma so‗z va so‗z birikmalariga o‗xshaydi, lekin ular ko‗chma ma‘noga ega ekani, ta‘sirchanligi bilan qo‗shma so‗zlardan; barqarorligi, nutqqa tayyor holda olib kirilishi bilan so‗z birikmalaridan farqlanadi. Solishtiring. Iboralar: tepa sochi tikka bo„lmoq – achchiqlanmoq, qovog„idan qor yog„moq –xafa bo„lmoq, og„zining tanobi qochmoq – sevinmoq; so‗z birikmalari: uzun sochli, qalin qovoq, uyga ketmoq; qo‗shma so‗zlar: To„ytepa, laylakqor, bodomqovoq. Ayrim iboralar soʻz birikmalari bilan shakldoshlik hosil qiladi. Masalan: Bolalar sinfxonani boshiga koʻtardi. – ibora; Azimjon savatni boshiga koʻtardi. – soʻz birikmasi. Bunday birliklar oʻz ma‘nosida qoʻllansa, soʻz birikmasi; koʻchma ma‘noda qoʻllansa, ibora hisoblanadi. Taqqoslang: Yuk omborning ichiga sigʻmadi. – soʻz birikmasi; Quvonchi Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling