Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mingboshi
internet tarmog„iga ulandi. 2. Kasb-hunar kolleji o‗tgan yili 220 nafar malakali
mutaxassislarni qaynoq hayotga kuzatdi. 3. Bakalavr to‗rt yillik oliy ta‘lim bosqichini o‗tagan mutaxassis bo‗lsa, magistr bakalavr bosqichidan keyingi ikki yillik mutaxassislik kursini o‗tagan shaxsdir. ESKIRGAN SO„ZLAR Tilimizning ma‘lum davrida qo‗llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‗zlarga eskirgan so„zlar deyiladi. Masalan: qozi, mirshab, amin, mingboshi, xon. So‗zlarning eskirishi ikki xil yo‗l bilan amalga oshadi. 1. So‗z o‗zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‗zlarga tarixiy so„zlar deyiladi. Masalan: qozi, amin, xon, yuzboshi, qul, qutidor, hojib, degrez, yorgʻichoq. 2. So‗z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‗z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so„zlar deyiladi. Masalan: tilmoch – tarjimon, cherik – askar, joʻgʻrofiya – geografiya, handasa – geometriya, paygʻom – xabar, bogʻot – bogʻlar, gisu – soch. Tarixiy soʻzlar ifodalagan tushuncha bugungi hayotimizda mavjud boʻlmaganligi sababli bunday soʻzlarning hozirgi tilimizda muqobili (ma‘nodoshi) boʻlmaydi. Masalan, hozirgi tilimizda amin soʻzining muqobili (ma‘nodoshi) mavjud emas. Arxaik soʻzlarning esa hozirgi tilimizda muqobili (ma‘nodoshi) boʻladi: ochun – dunyo kabi. 1-misol: (Eskirgan soʻzlar ajratib koʻrsatilgan) 1. Ulug‗bek usturlob va undan foydalanish haqidagi so‗zlarni tugatgach, zij tuzmoq hunaridan so‗zlay boshladi. (O. Yoqubov) 2. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug„rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa. (Tohir Malik) 2-misol: (Eskirgan soʻzlar ajratib koʻrsatilgan) 1. Mingboshi tomdagi karnaychilarga «bas» ishorasini qildi. (Mirzakalon Ismoiliy) 2. Ellikboshi beto‗xtov aminga xabar qilmoqchi bo‗lib chiqib ketdi. (Abdulla Qahhor) 3. Biz sizlardek chog‗imizda 7–8 yashar qiz bola ham ko‗chaga Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling