Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


O„ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   310
 
O„ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI. 
OʻZ VA OʻZLASHGAN SOʻZLAR 
 
Til doimiy ravishda boyib boradi. Uning boyishi ikki usul orqali amalga 
oshiriladi: 
1. Ichki imkoniyat asosida.
Bunda tilning oʻz ichki imkoniyatlari asosida yangi birliklar hosil qilinadi. 
Uning oʻzi ham uchga boʻlinadi: 
a) yangi soʻzlar yasaladi: dasturchi, raqamlashtirish, qoʻshma korxona; 
b) shevalardan soʻz olinadi: mengzamoq (oʻxshatmoq); 
d) soʻz ma‘nosi oʻzgaradi: sichqoncha
2. Tashqi imkoniyat asosida. 


53 
Bunda chet tillardan soʻzlar olinadi. Bunday soʻzlar olinma soʻzlar deyiladi. 
Masalan: fayl, market, metro kabi. 
 
Tildagi soʻzlar ikki qatlamdan iborat: 
a) oʻz qatlam. Bu qatlamga oid soʻzlar azaldan tilimizda qoʻllanib 
kelinayotgan ish, bosh, biz, yigirma kabi umumturkiy va oʻzbekcha soʻzlardir. 
b) oʻzlashma qatlam. Bunday qatlam arab, fors, rus va Yevropa tillaridan 
oʻzlashgan soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Qalam, bahor, telefon, parta, stol kabi soʻzlar 
shular jumlasidan. 
 
Boshqa tillardan kirib kelgan so‗zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, 
fe‘l, manti, stol, shkaf), ba‘zilari singishmay turishi ham mumkin (restavratsiya, 
anonim, suflyor). Shunga ko‗ra, to‗la o‗zlashgan (kitob, daftar, stansiya), nisbatan 
o‗zlashgan (vokzal, aeroport) va o‗zlashayotgan (skaner, skotch), o‗zlashmagan
so‗zlar (ministr, oblast, rayon) farqlanadi. Ularning barchasini shartli ravishda 
o‗zlashma so‗zlar deymiz.
So‗zlashuvga xos o‗zlashma so‗zlar, ko‗pincha, kitobiy uslubga xos bo‗lmaydi. 
Ilmiy uslubda o‗zlashma so‗zlar, asosan, termin sifatida ko‗p qo‗llaniladi. 
1-misol. Oʻzlashma soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Dang‗illama uchastka. O‗rtada fontan. 2. Tilla magazinni o‗margansiz. 3. 
Men tomonda qonun. Mana ZAGS qog‗ozi. 4. Oq xalat kiygan doktor kirib keladi, 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling