boshi qotib o‗tirardi. (Cho„lpon) 5. Nilufar miyasi g„ovlab ketayotganini sezib,
sanchib og‗rigan chakka tomirlarini siladi, bir nuqtaga tikilib, uzoq o‗tirdi. (O.
Yoqubov) 6. Bu ikkala qarindoshim bir-biriga joni achiydigan, bu qadar mehrli ekan-
u, men nima xayollarga borib yuribman! (Murod Mansur) 7. Sur‘atga odamning ichi
achiydi, har holda do‗stimiz, hamshahrimiz. (Erkin A‟zam) 8. Ikki g‗arib bir
yoqadan bosh chiqargan edik. (Oybek) 9. Nega qo‗llamaylik, nega bir jon-bir tan
bo„lmaylik?! (Murod Mansur)
3-misol.
1) adabini yemoq – qilmishiga yarasha jazosini olmoq; 2) burni koʻtarilmoq –
kibrlanmoq, gerdaymoq; 3) bu qulogʻidan kirib, u qulogʻidan chiqib ketmoq –
e‘tibor bermaslik, xotirasida tutib qolmaslik; 4) misi chiqmoq – oshkor boʻlmoq, siri
fosh boʻlmoq; 5) bir yoqadan bosh chiqarmoq – hamjihat boʻlmoq, yakdillik bilan;
6) yuzi shuvut boʻlmoq – uyatli holda qolmoq; 7) koʻzini boʻyamoq – aldamoq; 8)
laqqa tushmoq – aldanmoq; 9) ogʻzidan bol tomadigan – shirinsuxan; 10) chehrasi
ochilgan – xursand; 11) oʻtakasi yorilmoq – qoʻrqmoq; 12) qoʻy ogʻzidan choʻp
olmagan – yuvosh.
Savol va topshiriqlar:
1. Uslubiy boʻyoqdor leksika deganda qanday soʻzlar nazarda tutiladi?
2. Ijobiy boʻyoqdor soʻzlarni sharhlang.
3. Salbiy boʻyoqdor soʻzlarni sharhlang.
ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. Jamolxonov N. Hozirgi o‗zbek tili. 1-qism. –T.: O‗qituvchi, 2005.
2.
Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –T.: Fan va
texnologiya, 2010.
Qo‘shimcha adabiyotlar
3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‗zbek tili. –T.: O‗qituvchi, 2003.
4. Jamolxonov H. Hozirgi o‗zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004.
5. Qilichev E. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –Buxoro, 1999.
6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‗qituvchi, 1981.
7. Qo‗chqortoev I. So‗z ma‘nosi va uning valentligi. –T.: Fan, 1977.
8. Mirtojiev M.M. O‗zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‗z, 2010.
9. Ne‘matov H., Bozorov O. Til va nutq. –T.: O‗qituvchi, 1993.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |