Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


SOʻZLARNING SHAKL VA MA‟NO MUNOSABATIGA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   310
 
SOʻZLARNING SHAKL VA MA‟NO MUNOSABATIGA
KOʻRA TURLARI 
Soʻzlar shakl va ma‘no munosabatiga koʻra sinonim, omonim, antonim va 
paronim soʻzlarga boʻlinadi. 
SHAKLDOSH SOʻZLAR (OMONIMLAR) 
 
 
1-misol.
1) Chang-toʻzon mashina oynasiga urilib, yoʻlni koʻrsatmay qoʻyar edi. 
2) Bastakor changda qandaydir kuy chalar edi. 
Ushbu gaplarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar garchi bir xil aytilsa va yozilsa ham, 
boshqa-boshqa ma‘nolarni ifodalaydi. Ya‘ni birinchi gapdagi chang soʻzi gard-gʻubor 
ma‘nosini, ikkinchi gapdagi chang soʻzi esa cholgʻu asbobi ma‘nosini bildiradi. Ana 
shunday shakli (aytilishi va yozilishi) aynan bir xil, ma‘nosi esa har xil boʻlgan 
soʻzlar shakldosh soʻzlar hisoblanadi. 
 
Aytilishi va yozilishi bir xil boʻlib, turli atash ma‘nolarini bildirgan soʻzlar 
omonim soʻzlar deyiladi. Ular shakldosh soʻzlar deb ham yuritiladi. Masalan: un 
(tovush), un (mahsulot), un (fe‟l). 
Shakldosh soʻzlar bir qarashda koʻp ma‘noli soʻzlarga oʻxshab ketadi, ammo 
ularni bir-biridan farqlash kerak. Koʻp ma‘noli soʻzlar bir soʻzni oʻz va koʻchma 
ma‘nolarida qoʻllashdan hosil boʻladi: burun (yuz qismi) – burun (choynakning 


48 
burni). Omonimlar (shakldosh soʻzlar)da esa turlicha ma‘nolar nazarda tutiladi: 
burun (yuz qismi) – burun (avval) 
Shakldosh va koʻp ma‘noli soʻzlarning asosiy farqi shundaki, shakldosh soʻzlar 
aytilishi va yozilishi bir xil boʻlishiga qaramay, ma‘nosi turlicha boʻlganligi uchun 
alohida-alohida soʻzlar deb qaraladi. Masalan: Ot I – ism, Ot II – hayvon, Ot III – 
uloqtir soʻzlari boshqa-boshqa uchta soʻzdir. Ularning alohida-alohida soʻz 
ekanligiga asos esa har biri boshqa-boshqa ma‘nolarni ifodalashidir. Chunki har bir 
alohida soʻzning oʻz ayrim ma‘nosi boʻladi. Ya‘ni shakldosh soʻzlarning ma‘nolari 
oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik, bir-biriga aloqadorlik boʻlmaydi. 
Koʻp ma‘noli soʻzlar esa bitta soʻzning bir nechta ma‘nolarda (oʻz va koʻchma 
ma‘nolarda) qoʻllanilishidir. Bunda soʻz bitta, ma‘nolar esa bir nechta boʻladi, ammo 
bu ma‘nolar bir-biri bilan uzviy bogʻliq, aloqador boʻladi. Masalan, insonning boshi – 
koʻchaning boshi. Bu ikki birikma tarkibidagi bosh soʻzlari bitta soʻz boʻlib, ikki xil 
ma‘noda, ya‘ni birinchisida insonning asosiy, boshlangʻich tana a‟zosi, ikkinchisida 
esa koʻchaning boshlangʻich joyi ma‘nosida qoʻllangan. Bu ma‘nolar esa bir-biri 
bilan uzviy bogʻliq. 
 
Koʻp ma‘noli soʻzlarning ma‘nolari bir-biriga bogʻliq, umumiy boʻladi. 
Shakldosh soʻzlarning ma‘nolari esa bir-biriga bogʻliq, aloqador boʻlmaydi, ya‘ni 
shakldosh soʻzlar butunlay boshqa-boshqa ma‘nolarni bildiradi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling