43
METONIMIYA
Metonimiya narsa yoki tushunchalar o‗rtasidagi
muayyan aloqadorlik asosida
birining nomi bilan ikkinchisining atalishidir. Masalan, dasturxon va unga
qoʻyiladigan noz-ne‘matlar oʻrtasida uzviy aloqadorlik
ongimizga shu darajada
singganki,
Dasturxonga qarang! deyilganda dasturxonni emas,
unga aloqador
boʻlgan va dasturxonga qoʻyiladigan noz-ne‘matlarni tushunamiz.
Navoiyni qoʻldan
qoʻymayapman gapida esa Navoiy va uning asarlari bogʻliq boʻlganligi tufayli
Navoiyning oʻzi emas, asarlari tushuniladi.
Metonimiyada
doimo bir predmet aytilib, uning oʻzi emas, unga aloqador
boʻlgan boshqa predmet tushuniladi. Tushuniladigan predmet nomi esa gapda tushirib
qoldiriladi. Masalan:
Oyogʻimni yechib ichkariga kirdim. Aytilgan predmet: oyoq;
tushunilgan predmet:
oyoq kiyimi, chunki oyoqni emas,
oyoq kiyimini yechish
mumkin. Yuqoridagi misoldan koʻrinib turibdiki, bir predmet (oyoq)
aytilyapti-yu,
uning oʻzi emas, unga aloqador boʻlgan ikkinchi predmet, ya‘ni
gapda tushirib
qoldirilgan nom (oyoq kiyimi) tushunilyapti.
Metonimiyaga namunalar:
1. Uning gaplariga butun
auditoriya kuldi. (Uning
gaplariga auditoriyada
oʻtirganlar kuldi).
2. Salim
kirib kasalning oyog„iga o‗tirdi. (Salim kirib kasalning
oyoq
tomoniga o‗tirdi).
3.
Majlis qaror qildi. (
Majlis ahli qaror qildi).
4.
Navoiyni kechadan beri ko‗tarib yuribman. (
Navoiyning asarlarini
kechadan beri ko‗tarib yuribman).
5. Tong otar chogʻida juda sogʻinib
Bedil oʻqir edim. (Tong otar chogʻida juda
sogʻinib
Bedil she‟rlarini oʻqir edim).
6. Kecha anavi
shapka ham yig‗ilishda o‗tirgan edi. (Kecha anavi
shapka
Do'stlaringiz bilan baham: