Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega boʻlgan soʻzlar Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega boʻlmagan soʻzlar
SO„ZNING ATASH MA‟NOSI
So‗zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat- holatlarni bildirishi uning atash ma‟nosi sanaladi. Faqat mustaqil so‗zlargina atash ma‘nosiga ega bo‗ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma‘nosiga ega bo‗lgan so‗zlarga ishora qiladi. Soʻzning atash yoki lugʻaviy ma‘nosi deganda uning biz yashab turgan borliqda qanday tushuncha anglatishi nazarda tutiladi. Ya‘ni oʻsha soʻz aytilganda (yozilganda) va eshitilganda (oʻqilganda) soʻzlovchi va tinglovchi nimani tushunsa, oʻsha tushuncha soʻzning atash ma‘nosi hisoblanadi. Masalan, kitob deyilganda «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» koʻz oldimizga keladi va shunday narsani anglaymiz, tushunamiz. Sigir deyilganda esa «goʻshti va suti uchun boqiladigan uy hayvoni»ni tushunamiz. Demak, ushbu soʻzlar aytilganda biz anglayotgan tushunchalar bu soʻzlarning atash ma‘nosi sanaladi. 40 Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega boʻlgan soʻzlar Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega boʻlmagan soʻzlar Mustaqil soʻzlar: ot, fe‘l, sifat, son, ravish Olmosh Yordamchi soʻzlar: koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama Oraliqdagi soʻzlar: undov, taqlid, modal soʻzlar Toʻliqsiz fe‘llar: edi, ekan, emish, emas BIR MA‟NOLI VA KO„P MA‟NOLI SO„ZLAR Tilimizdagi koʻpchilik soʻzlar turli nutq sharoitida, har xil gaplar tarkibida bir emas, bir necha xil ma‘no ifodalaydi. Bu tilning tejamkorlik tamoyili bilan bogʻliq. Til egasi boʻlgan jamiyat a‘zolari bitta soʻzni bir nechta narsa-predmet, harakat-holat, belgining nomi sifatida qoʻllaydi va bu bilan tildagi soʻzlar soni keskin ortib ketib, uning foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tildagi soʻzlar ma‘nosining doimiy yoki oʻzgaruvchanligiga koʻra bir ma‘noli va koʻp ma‘noli soʻzlarga boʻlinadi. O„n, Toshkent, Mirzacho„l singari aniq bir ma‘noni ifodalash uchun qo‗llanilgan so‗zlar bir ma‘noli so‗zlar sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma‘noda qo‗llanuvchi so‗zlarga ko‗p ma‘noli so‗zlar deyiladi. Bir ma‘noli soʻzlar nutqdan tashqarida ham, nutq tarkibida ham faqat aniq bir ma‘noni ifodalash uchun qoʻllaniladi, ya‘ni bir ma‘noli soʻzlarning nutqdan tashqari yakka holatdagi ma‘nosi bilan nutq tarkibida boshqa soʻzlarga bogʻlangandan keyin ifodalaydigan ma‘nosi aynan bir xil boʻladi. Masalan, Toshkent soʻzi nutqdan tashqari yakka tarzda «shahar» ma‘nosini bildiradi, nutq tarkibida Kecha biz Toshkentga bordik gapida ham «shahar» ma‘nosini ifodalaydi. Demak, bu soʻz nutqdan tashqarida alohida olingandagi ma‘nosi va nutq tarkibida boshqa soʻzlarga bogʻlangandan keyingi ma‘nosi aynan bir xil boʻlganligi uchun bir ma‘noli soʻz sanaladi. Koʻp ma‘noli soʻzlarning esa nutqdan tashqaridagi ma‘nosi va nutq tarkibidagi ma‘nosi turli xil boʻladi. Masalan, koʻz soʻzi alohida olinganda «tirik organizmning koʻrish a‟zosi» ma‘nosini ifodalaydi, nutq tarkibida boshqa soʻzlarga, jumladan, buloq soʻziga bogʻlanganda esa buloqning koʻzi tarzida birikma hosil qilib «buloqning suv chiqadigan joyi» ma‘nosini bildiradi. Yoki deraza soʻziga bogʻlanganda (derazaning koʻzi) uning «oyna qoʻyiladigan yorugʻlik oʻtkazadigan qismi» ma‘nosida qoʻllanadi. Shu sababli koʻz soʻzi koʻp ma‘noli soʻz hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling