Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   310
SO„ZNING ATASH MA‟NOSI 
So‗zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-
holatlarni bildirishi uning atash ma‟nosi sanaladi. 
Faqat mustaqil so‗zlargina atash ma‘nosiga ega bo‗ladi. Olmoshlar bundan 
mustasno. Ular atash ma‘nosiga ega bo‗lgan so‗zlarga ishora qiladi. 
Soʻzning atash yoki lugʻaviy ma‘nosi deganda uning biz yashab turgan 
borliqda qanday tushuncha anglatishi nazarda tutiladi. Ya‘ni oʻsha soʻz aytilganda 
(yozilganda) va eshitilganda (oʻqilganda) soʻzlovchi va tinglovchi nimani tushunsa
oʻsha tushuncha soʻzning atash ma‘nosi hisoblanadi. Masalan, kitob deyilganda 
«varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» koʻz oldimizga keladi va 
shunday narsani anglaymiz, tushunamiz. Sigir deyilganda esa «goʻshti va suti uchun 
boqiladigan uy hayvoni»ni tushunamiz. Demak, ushbu soʻzlar aytilganda biz 
anglayotgan tushunchalar bu soʻzlarning atash ma‘nosi sanaladi. 


40 
Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega boʻlgan 
soʻzlar 
Atash (lugʻaviy) ma‟nosiga ega 
boʻlmagan soʻzlar 
Mustaqil soʻzlar: ot, fe‘l, sifat, son, ravish 
Olmosh 
Yordamchi soʻzlar: koʻmakchi, 
bogʻlovchi, yuklama 
Oraliqdagi soʻzlar: undov, taqlid, modal 
soʻzlar 
Toʻliqsiz fe‘llar: edi, ekan, emish, emas 
 
BIR MA‟NOLI VA KO„P MA‟NOLI 
SO„ZLAR 
Tilimizdagi koʻpchilik soʻzlar turli nutq sharoitida, har xil gaplar tarkibida bir 
emas, bir necha xil ma‘no ifodalaydi. Bu tilning tejamkorlik tamoyili bilan bogʻliq. 
Til egasi boʻlgan jamiyat a‘zolari bitta soʻzni bir nechta narsa-predmet, harakat-holat, 
belgining nomi sifatida qoʻllaydi va bu bilan tildagi soʻzlar soni keskin ortib ketib, 
uning foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Tildagi soʻzlar ma‘nosining doimiy yoki oʻzgaruvchanligiga koʻra bir ma‘noli 
va koʻp ma‘noli soʻzlarga boʻlinadi.
O„n, Toshkent, Mirzacho„l singari aniq bir ma‘noni ifodalash uchun 
qo‗llanilgan so‗zlar bir ma‘noli so‗zlar sanaladi. 
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma‘noda qo‗llanuvchi so‗zlarga ko‗p 
ma‘noli so‗zlar deyiladi. 
Bir ma‘noli soʻzlar nutqdan tashqarida ham, nutq tarkibida ham faqat aniq bir 
ma‘noni ifodalash uchun qoʻllaniladi, ya‘ni bir ma‘noli soʻzlarning nutqdan tashqari 
yakka holatdagi ma‘nosi bilan nutq tarkibida boshqa soʻzlarga bogʻlangandan keyin 
ifodalaydigan ma‘nosi aynan bir xil boʻladi. Masalan, Toshkent soʻzi nutqdan 
tashqari yakka tarzda «shahar» ma‘nosini bildiradi, nutq tarkibida Kecha biz 
Toshkentga bordik gapida ham «shahar» ma‘nosini ifodalaydi. Demak, bu soʻz 
nutqdan tashqarida alohida olingandagi ma‘nosi va nutq tarkibida boshqa soʻzlarga 
bogʻlangandan keyingi ma‘nosi aynan bir xil boʻlganligi uchun bir ma‘noli soʻz 
sanaladi.
Koʻp ma‘noli soʻzlarning esa nutqdan tashqaridagi ma‘nosi va nutq tarkibidagi 
ma‘nosi turli xil boʻladi. Masalan, koʻz soʻzi alohida olinganda «tirik organizmning 
koʻrish a‟zosi» ma‘nosini ifodalaydi, nutq tarkibida boshqa soʻzlarga, jumladan, 
buloq soʻziga bogʻlanganda esa buloqning koʻzi tarzida birikma hosil qilib 
«buloqning suv chiqadigan joyi» ma‘nosini bildiradi. Yoki deraza soʻziga 
bogʻlanganda (derazaning koʻzi) uning «oyna qoʻyiladigan yorugʻlik oʻtkazadigan 
qismi» ma‘nosida qoʻllanadi. Shu sababli koʻz soʻzi koʻp ma‘noli soʻz hisoblanadi. 


41 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling