Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   310
6. Harfdan iborat shartli belgi o‗zi tegishli raqamdan ajratib ko‗chirilmaydi:
5-«A» sinf, V «B» guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. 
7. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga 
ko‗chirilmaydi: «Navro‗z-92» (festival), «O‗qituvchi-91» (ko‗rik tanlov), «Andijon-
9», "Termiz-16‖ (g‗o‗za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) 
kabi. 
8. A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining 
birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‗chirilmaydi. Shuningdek, 
v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi 
so‗zdan ajratib ko‗chirilmaydi. 


38 
Savol va topshiriqlar: 
1. Nutq tovushi o‗zida qanday jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik 
sifatida namoyon bo‗ladi? 
2. Fonetikaning turlari haqida gapiring. 
3. Fonologiya nima?
4. Fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi nima?
5. Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‗ra tasnifi haqida gapiring. 
6. Unli fonemaning har biri necha belgidan iborat va ular qaysilar?
7. O‗zbek tilida unli fonemalar qanday ziddiyatni hosil qiladi? 
8. Hozirgi o‗zbek tilida nechta undosh fonema bor? 
9. Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud 
bo‗lmagan belgi nima deb ataladi? 
10. Undosh fonemalar artikulyatsion o‗rniga ko‗ra qanday binar ziddiyatli 
munosabatlarga kirishadi? 
ADABIYOTLAR: 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Abduazizov A. O‗zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. –T., 1994. 
2. Jamolxonov N. Hozirgi o‗zbek tili. 1-qism. –T.: O‗qituvchi, 2005. Darslik. 
O‗zR OTV tas. 
3. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –T.: Fan va 
texnologiya, 2010. Darslik. O‗zROO‗MTV tasdiqlagan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling