91
• ishdan bо‘shatilayotgan xodimlarga (ularning xohishiga qarab)
kadrlar bо‘limi tasarrufida bо‘lgan barcha
vositalar bilan yordam
berish, yangi joyda ishga joylashishga kо‘maklashib kо‘rish lozim;
• ishdan bо‘shatish qonuniy asoslarda rо‘y berishi, xodimga
shtatlar qisqarishi va ishdan bо‘shatilishi
mumkin ekanligi haqida
hujjatlar о‘z vaqtida yetkazib berilishi lozim (q. «Xodimning lavozimi
qisqarishi haqida ogohlantirish (xabar berish)», «Xodimga kutila-
yotgan qisqartirish haqida axborot yetkazish haqida Dalolatnoma»);
• ishdan bо‘shatish funksional jihatdan
maqsadga muvofiq va
axloqiy nuqtai nazardan oqlangan bо‘lishi lozim;
• ishdan bо‘shatishda shaxsga nisbatan diqqat-e’tiborli bо‘lish
lozim
(xodimlarga
esdalik sovg‘alar
topshirish,
qо‘shimcha
kompensastion tо‘lovlar, faxriy yorliqlar,
dam olish uylari va
sanatoriylarga yо‘llanmalar berish va h.k. majburiy qoidaga aylanishi
kerak).
Kimda kо‘proq asos bо‘lsa va kim ahamiyatliroq bо‘lsa, о‘sha
ishda qoladi. Xodimlar shtati qisqarganda kadrlar bо‘limi reyting
tizimidan (9.10-jadval)
foydalanib, xodimlar reytingini tuzishi
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: