Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
3. Yollash xarajatlari tarkibi
Personalni yollash jarayonida kompaniyaning о‘z ishlovchilari va tashqi agentlar ishtirok etadilar. Shu bilan birga xodimlarni tanlashni tashkil etish bilan bog‘liq tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xarajatlar mavjud. Personalni yollashga bо‘lgan xarajatlar yig‘indisi ancha kо‘p. Bu xarajatlarni uchta kategoriyaga bо‘lish mumkin. 1. Ish haqi va xodimlarni yollash jarayoni bilan bog‘liq ishlovchilarning ijtimoiy ta’minotini ham о‘z ichiga oluvchi xarajatlar. Xarajatlarning bu qismini uch guruhga bо‘lish mumkin: 82 a) amaliy xarajatlar ya’ni ish haqi: • ishga yollash tо‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish, kelishuvlarni olib borishda, kasbiy sinovlarda qatnashayotgan turli iyerarxik darajadagi rahbarlar va hodimlarning; • nomzodlarning kelgusidagi hamkasabalarining (ishga qabul qilish kelishuvlar asosida amalga oshirilsa); • boshqa manfaatdor shaxslar va bо‘ysunishi mumkin bо‘lganlarning (maslahatlar berish zarurati tug‘ilganda yoki nomzod bilan uchrashuvlar bо‘lgan taqdirda); b) personalni boshqarish xizmatining ish haqi: • yollash bо‘yicha mutaxassislar: kadrchilar, kotiblar, psixologlar va h.k.; • ma’muriy xizmatlar: menejerlar, xizmatchilar; • tibbiy-ijtimoiy xizmatlar: vrachlar, tibbiyot hamshiralari, ijtimoiy xizmat xodimlari; • mehnat va ish haqi bо‘limlari xodimlari; • kasbiy rivojlanish, baholash va karyerani boshqarish ekspertlari; v) boshqa funksional xizmatlar xarajatlari: • operativ hisob (byudjet); • buxgalteriya (schetlarga haq tо‘lash); • reja bо‘limining tashkiliy xizmatlari (personal soni va ish joylarini asoslash, personal sonini prognozlash); • axborot ta’minoti xizmati (hujjatlarni tayyorlash va ishlov berish) 2. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sarflarga mos keladigan va ular bо‘yicha schetlar yozilishi kerak bо‘lgan boshqa xarajatlar (masalan, e’lonlarga xarajatlar, maslahatchilar uchun gonorarlar, personalni yollash bо‘yicha agentlarning yо‘l xarajatlari, test va suhbatlar о‘tqazish uchun bino yoki joyning ijarasi). Bu xarajatlar sezilarli bо‘lishi ham mumkin. Masalan, oliy bо‘g‘in xodimlarini yollashda e’lon uchun xarajatlar uning yillik ish haqini 10-20% ni tashkil qilishi mumkin, personalni yollash bо‘yicha agentlikning gonorari esa shu ish haqining 12-20 %ni tashkil qiladi. Yuqori darajadagi mutaxassislarni yollash uchun maxsus agentlar jalb qilinsa, vakansiyalar haqidagi e’lonlar berilmaydi va agentliklarning xizmat tariflari ancha oshadi. 83 3. Personalni yollash bо‘yicha ma’muriy xizmatlarning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar: tibbiy kо‘rik, kanselyariya sarf-xarajatlari, test va imtihon о‘tqazish bilan bog‘liq xarajatlar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling