Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


-jadval  Ishlanmagan vaqt klassifikasiyasi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

9.1-jadval 
Ishlanmagan vaqt klassifikasiyasi 
Rezerv tashkil qilmay-
digan yо‘qotishlar va 
tanaffuslar 
Shartli 
belgilar 
Rezerv tashkil qiluvchi 
yо‘qotishlar 
Shartli 
belgilar 
Tо‘liq smenali 
Bayram kunlari 
NP1 
Yomon mehnat sharoitlari 
tufayli qо‘shimcha tatillar 
RP1 
Dam olish kunlari 
NP2 
Ishdan tashqari vaqtda ba-
jarilgan ma’lum majburi-
yatlar tufayli qо‘shimcha 
tatillar 
RP2 
Navbatdagi tatillar 
NP3 
Kasallik tufayli ishga 
kelmaslik 
RP3 
Ishlab 
chiqarishdan 
ajralmagan 
holda 
о‘qiyotganlarning 
tatillari 
NP4 
Ma’muriyat ruhsati bilan 
ishga kelmaslik 
RP4 
Homiladorlik va 
tug‘ish tufayli tatillari 
NP5 
Sababsiz ishga kelmaslik 
RP5 
О‘smirlarning 
qо‘shimcha tatillari 
NP6 
Qishloq xо‘jalik ishlariga 
jalb qilish hisobiga ishga 
kelmaslik 
RP6 
Bitiruvchi kurs 
talabalarining qо‘shim-
cha bо‘sh kunlari 
NP7 
Ijtimoiy tartibni buzganligi 
uchun ishga kelmaslik 
RP7 
Bola boquvchi 
ayollarning 
iltimoslariga kо‘ra haq 
tо‘lanmaydigan 
qо‘shimcha tatillar 
NP8 
Davlat va jamoatchilik 
majburiyatlarini bajarish 
bilan bog‘liq ishga 
kelmaslik 
RP8 
Tо‘liq ish bilan band 
bо‘lmaganlarning 
mehnat qonunchiligida 
kо‘zda tutilgan yoki 
ma’muriyat bilan 
shartnomada 
NP9 


96 
belgilangan 
qо‘shimcha ishga 
kelmaydigan kunlari 
Smena ichidagi 
О‘smirlarning qisqar-
tirilgan ish kunlari 
NPS1 
Turib qolishlar 
RPS1 
Chaqalog‘i bor 
ayollarga beriladigan 
qо‘shimcha tanaffuslar 
NPS2 
Mehnat intizomini 
buzganligi tufayli ish vaqti 
yо‘qotishlari 
RPS2 
Tо‘liq ish kuni band 
bо‘lmaganlarning 
qisqartirilgan ish kuni 
NPS3 
Mikrotarvmatizm oqibatida 
yо‘qotilgan ish vaqti 
RPS3 
Ma’muriyat ruhsati bilan 
ishni vaqtidan oldin 
tugatish tufayli yо‘qotishlar 
RPS4 
Noqulay mehnat sharoit-
larida ishlaganlik uchun ish 
kunini qisqartirish hisobiga 
yо‘qotishlar 
RPS5 
Ish vaqtining boshqa 
yashirin yо‘qotishlari va 
ortiqcha sarflarining 
kо‘rinishlari 
RPS6 
Kalendar fond bilan rezerv tashkil qilmaydigan ishga kelmas-
liklar va tanaffuslar yig‘indisi о‘rtasidagi farq sifatidagi potensial ish 
vaqti jamg‘armasining absolyut о‘lchovi Fp quyidagi formula yorda-
mida aniqlanadi: 
)
(
ÍÏÑ
Ï
ÍÏ
Ô
Ô
k
ï






, (10.2.) 
bu yerda: 
P – belgilangan ish kuni davomiyligi; 
О‘z navbatida
∑NP =NP1 + NP2 + ... + NPn; (10.3.) 
∑NPS =NPS1+NPS2+ ... +NPSn; (10.4.) 
Shunday ekan, potensial jamg‘arma yig‘indisi - ushbu jamoaning 
ishlab chiqarish vazifasini bajarishi uchun oqilona foydalanilishi 
mumkin bо‘lgan maksimal ish vaqti о‘lchamidir. U о‘zida vaqtning 


97 
oqilona (unumli foydalanilayotgan) sarflarini va rezerv tashkil 
qiluvchi elementlarni mujassamlashtiradi. Oqilona sarflanayotgan ish 
vaqtini hisoblash qiyinchilik tug‘dirmaydi va asosan hisobot hamda 
normativ materiallar ma’lumotlari asosida bajariladi. Unumli sarfla-
nayotgan vaqt tarkibiga asosan ishlab chiqarish vazifasini bajarish 
uchun ketgan vaqt, Tn,z; reglamentlangan sarflar, Tr,z; ishlab 
chiqarish vazifasini bajarishda kо‘zda tutilmagan vaqt sarflari, Tn,p.z 
kiradi. Tahlilni chuqurroq о‘tqazish maqsadida keltirilgan har bir 
elementlar sarflarning aniq yо‘nalishi bо‘yicha detallashtirish 
maqsadga muvofiq.
Ish vaqtining tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sarflari bajarilayotgan ishlarning 
hajmiga bog‘liq bо‘lib, normalashtirilgan bо‘lishi mumkin. Xuddi 
shunday sharoitlarda ratsional sarflarning ushbu qismining ulushi 
qanchalik kо‘p bо‘lsa samaradorlik shuncha yuqori bо‘ladi. 
Reglamentlangan vaqt sarflariga mehnat normalariga kiritilgan 
ishlanmaydigan vaqt va ishga kelmasliklar kiradi. Ushbu turdagi vaqt 
sarfining о‘lchami yо‘nalishlar bо‘yicha normativlar va hisob-kitob 
yо‘li bilan texnologik jarayonning borishiga qarab aniqlanadi hamda 
donali vaqt tarkibiga kiradi. 
Ratsional sarflarning tarkibiga kiruvchi ishga kelmasliklarning 
barcha shakllari ishlab chiqarish jarayoni bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri 
bog‘liq, biroq ishlab chiqarishning amal qilayotgan texnik va tashkiliy 
darajasida ularning ba’zilari muqarrardir. Bunday ishga kelmasliklar 
oldindan tarkibi bо‘yicha ham, о‘lchami bо‘yicha ham bо‘lgilangan 
bо‘lib, bitta о‘rtacha rо‘yhatdagi ishchining ish vaqti balansida
boshqa reja va hisobot hujjatlarida aks etgan bо‘ladi. Rejadan tashqari 
sarflar ish vaqti yо‘qotishlariga kiritiladi. Bunday tartib mehnat 
jamoalarining reglamentlangan vaqt sarflaridan oqilona foydalanishni 
nazorat qilish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish vazifalarida kо‘zda tutilmagan ishlarni bajarish 
uchun sarflanadigan vaqt shu bilan yuzaga keladiki, bunday ishlarning 
mavjud bо‘lish sabablariga ishlab chiqarishni tashkillashtirishdagi, 
ushbu ishlab chiqarish uchastkasiga nisbatan tashqi kooperatsiyadagi 
kamchiliklarni, hamda qо‘shimcha mehnat sarflarini oldini olish bilan 
bog‘liq texnik qarorlarning yо‘qligini kiritish mumkin. Ushbu 
guruhdagi moddalar bо‘yicha sarflarni kamaytirishni rag‘batlantirish 
maqsadida bо‘shayotgan vaqtni ishlab chiqarishga yо‘naltirishni ikki 
baravarga oshirish zarur. Natijada ishlab chiqarish bо‘linmalari 


98 
mehnatni yuqori darajada tashkil qilinishiga va ish vaqti jamg‘ar-
masidan oqilona foydalanilganlik uchun moddiy manfaatdorlikka 
erishadilar. 
Qolgan barcha rezerv tashkil qiluvchi ish vaqti jamg‘armasi 
elementlari unumsiz sarflar bо‘lib, mehnatni tashkil qilishning 
takomillashmaganligi bilan yuzaga keladi. Ularning tarkibi, aniqlanish 
tartibi keyingi paragrafda keltirilgan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling