Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

8-MAVZU: ISH VAQTI AUDITI 
 
Reja: 
1. Ish vaqti auditining mohiyati. Ish vaqti klassifikatsiyasi 
2. Smena ichidagi va tо‘liq kunli ish vaqti yо‘qotishlari tahlili 
3. Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili 
1. Ish vaqti auditining mohiyati. Ish vaqti klassifikatsiyasi. 
Ish vaqti bu – ishchining ma’lum majburiyatlarini bajarishi 
uchun korxonada bо‘lishi kerak bо‘lgan va qonun tomonidan 
belgilangan vaqt davomiyligidir. Undan tо‘liq va oqilona foydalanish 
– korxona daromadini oshirishning muhim sharti bо‘lib, qо‘shimcha 
xarajatlar talab qilmaydi. 
Ma’lum davr (yil, kvartal, oy) .uchun ish vaqti kо‘rsatkichi 
bо‘lib ish vaqti jamg‘armasi xizmat qiladi va u kishi-kunlar, kishi-
soatlarda о‘lchanadi. Uning о‘lchami ishchilar soni, kunlardagi ish 
vaqti davomiyligi va ish kuni davomiyligiga bog‘liq. Tahlilning 
axborot bazasi bо‘lib bitta ishchining ish vaqti balansi, kadrlar 
bо‘limining kadrlar haqidagi ma’lumotlari, ish kuni fotografiyasi
xronometraj kuzatuvlar va statistik ma’lumotlar xizmat qiladi. 
Haqiqatda ishlangan kishi-kunlar va kishi soatlarni reja yoki bazis 
ma’lumotlari bilan qiyoslash ish soatlari yо‘qotilishini mutlaq о‘lchov 
birliklarida va foizlarda о‘lchash imkonini beradi. 
Jamoaning ish vaqti jamg‘armasi (IVJ) quyidagi formula orqali 
hisoblanadi: 
IVJ= S · K · D, (10.1.) 
bu yerda: 
S – sanoat ishlab chiqarish kadrlarining umumiy rо‘yxatdagi soni; 
K – rejalashtirilayotgan davrdagi kalendar kunlar soni; 
D – qonunan belgilangan ish kuni davomiyligi. 
Sо‘ngra vaqt jamg‘armasining faol qismi о‘lchami topiladi. 
Kalendar jamg‘arma faqatgina ishlangan emas, balki ishlanmagan 
vaqtlardan ham tashkil topadi. Ayrim ishlanmagan vaqt о‘lchamlari 
о‘sish tendensiyasiga ega va ular rezerv tashkil qilmaydiganlar 
guruhiga kiradi. Bu reglamentlangan о‘lchamlar bо‘lib, о‘zining 
huquqiy va iqtisodiy mohiyatiga kо‘ra zarurdir. Ishlanmagan 
vaqtlarning ikkinchi qismi mos holdagi tashkiliy-iqtisodiy sharoitlarda 


95 
qisqartirilishi yoki butunlay bartaraf etilishi mumkin. Bular rezerv 
tashkil qiluvchi elementlarga kiradi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling