Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi
Download 0.94 Mb.
|
O\'QUV QULLANMA TIM 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH METODIKASI
Nazorat uchun savollar:
Direktor o’rinbosarining huquqlari. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalari. Maktabda boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlar. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH METODIKASI Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistonning odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda[8]: fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; diniy bag’rikenglik va mehr-muruvvatli bo’lish; davlat siyosatini tushunish unga fidoyi bo’lish; o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati; tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi. Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. Mehrli-muruvvatli va bag’rikenglik. Ayniqsa. bog’cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar. Reja - o’quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublari o’lda-julda, tarqoq, noaniq, tasodifiy holatlarda bo’ladi va ko’r-ko’rona harakat qilishga olib keladi. Bunday taqdirda tarbiyaning asosiy vazifalarini hal etish qiyinlashadi, ba’zan esa butunlay samarasiz bo’ladi. Reja tarbiya berish faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling