Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet43/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Nazorat uchun savollar:

  • Sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari.

  • Sinfdan tashqari individual ishlar mazmuni.

  • Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning xususiyatlari.

  • Maktabdan tashqari ishlarga izoh bering.


      1. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA DIREKTOR O’RINBOSARINING ISH METODIKASI

    Direktor o’rinbosari o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va muntazam o’z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga mujassamlaydi.


    O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeyni shakllantirish, o’zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko’p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog’liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi.
    Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib eta olishi, xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari lozim:
    -mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
    -radio, televideniye va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini o’quvchilarga yetkaza olishi;
    -sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
    -tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi;
    -maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;
    -muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.

    Download 0.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling