Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Takomillashmagan (Fungi impyerfecti yoki Deutyeromusetes)
zamburug‗lar jinsiz spora hosil qilib ko‗payuvchi zambrug‗larning barcha turlarini o‗z ichiga oladi. Tuban zambrug‗lar 10 mingdan ortiq tur bo‗lib, ularning ko‗pchilik turlari tuproqda uchraydi. Tuproqda keng tarqalgan, mikromisetlar Penicillum va Aspyergillus. avlodining vakillaridir. Bu ikki avlodning tuproqda tarqalgan turlari jinsiz sporalar Ya‘ni konidiya sporalar hosil qiladi. Tuban zambrug‗larning ko‗pchiliklari epifitlar bo‗lib, ular tirik o‗simliklarning to‗qimalarida yashaydi. Saprofitlar o‗rmon to‗shamalarida hayot kechiradiganlari va klechatkani parchalovchilari ham uchraydi. Takomillashmagan zambrug‗lardan yana bir turlari qora qo‗ng‗ir zambrug‗, u hujayra ichida qora rangli melaninsimon pigment sintezlaydi. Zambrug‗ miseliysi o‗lgandan so‗ng, pigmentlar tuproq gumusi tarkibiga qo‗shiladi. Tuban zambrug‗lardan, o‗simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradiganlardan, g‗o‗zada Vyerticillium dahliae hamda Fusarium bo‗lib, qishloq xo‗jaligiga ko‗plab zarar etkazadi. Achitqilar. Achitqilarga bir hujayrali vegetativ, ko‗rtaklanish yoki oddiy bo‗linish yo‗li bilan ko‗payadigan zambrug‗lar kiradi. Hujayralari har tomonlama ko‗rtaklanganligi tufayli, u ovalsimon yoki sfyerasimon shaklni oladi. Ba‘zi bir turlarning hujayralari burchakli, o‗roqsimon, o‗qyoysimon va kuchli bukilgan shakllarini oladi. qutbiy tomonlaridan ko‗rtaklanganda, ko‗paygandan keyin hujayraning shakli limon yoki nok shakliga o‗xshab qoladi.Hosil bo‗lgan ko‗rtaklar hujayrada saqlanib qoladi, ba‘zan esa ajralib alohidalanadi. Ma‘lum davrgacha ajralmay qolgan hujayralar zambrug‗larning yolg‗on tanachalari Ya‘ni psavdomisediylarni hosil qiladi. Achitqilar zambrug‗lar bo‗limining ichida alohida sinf vakillari orasida uchraydi. Askospora hosil qiluvchi achitqilar askomisetlarga mansubdir. Bulardan hamirturushlardan Saccharomyces cyerevisiae: nonvoychilikda va pivo pishirishda ishlatiladi. Undan tashqari tuproqda uchraydigan tipik tuproq achitqisiga Lipomyces avlodining Schizosaccharomyces spp. kiradi. Jinsiy bo‗g‗in hosil qiluvchi Ya‘ni bazidiosporalr hosil qiluvchilari, bazidomisetlar sinfiga mansub bunga barglarning yuzasida (filloplanda) yashaydigan 24 Rhodosporidium avlodining vakillari kiradi. Ba‘zi bir bazidiomisesimon achiqilar jinsiz bo‗g‗inda ballistospora hosil qilib ko‗payadi, masalan boshoqdoshlarning bargi yuzasida yashovchi (fillosfyera) pushti achitqi Sporobolomyces ni keltirish mumkin. Askospora va bazidiospora hosil qilmaydigan achitqilar, tuban zambrug‗larga kiradi. Bu guruhga Candida avlodining vakillari kirib, ular hozirgi kunda mikrobiologiya sanoatida oziq-ovqat, o‗rmon va qishloq xo‗jaligining xar xil chiqindilaridan hamda ne‘ft mahsulotlarining uglevodlaridan chorva mollarining em-xashaklariga qo‗shib beriladigan oqsillarni preparatlarini sintezlashda ko‗plab qo‗llanilmoqda. Achitqilar tabiatda asosan o‗simliklar va hashorotlar bilan simbioz yashaydi. Bularga meva pashshasi (drozofilla), po‗stloqxo‗r qo‗ng‗iz, va o‗rmon chumolisi hamda o‗simliklarning bargi, mevasi, gullarning nektarlarida, daraxt to‗nkalari bilan simbioz hosil qiluvchi achitqilarni keltirish mumkin. Tuproqda achitqilar boshqa zamburug‗larga nisbatan kam uchiraydi lekin sovuq tundra tuproqlarida ularning soni ko‗payib ketadi yoki zamburug‗lar florasining asosiy vakillari bo‗lib qoladi. Buning asosiy sababi achitqilar sovuq sevar organizmlar hisoblanadi.Ularning ko‗pchilik turlari 0 o S da rivojlanishini boshlab -20 o S to‗xtatadi. Bunday psixrofil achitqilarga Leucosporidium avlodining vakilarini kiritish mumkin.Tuproqda uchraydigan achitqilar, aynan bir tuproq tipiga, tuproq guruhiga yoki tuproq ayirmasiga, shu tuproq xossasiga va tuproq paydo bo‗lish jarayoniga xosdir. Qora tuproqlar uchun xos achitqilarga Lipomyces tetrasporus, kislotali chimli podzol, qo‗ng‗ir o‗rmon qizil va sariq tuproqlarda Candida podzolica xos bo‗lsa, o‗tloqi allyuvial tuproqlar uchun Schwanniomyces alluvinus, botqoq tuprorqlar uchun esa Williopsis saturnus xos hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling