Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
1.3. Yuksak o‘simliklar
Tuproq paydo bo‗lish jarayoniga ta‘sir etuvchi omillar ichida eng muhimi bu tirik organizmlardir. Tuproq paydo bo‗lishining dastlabki etaplaridan biri, mineral substratlar yuzasida tirik organizmlarning paydo bo‗lishidir. Tuproqda tirik tabiatning to‗rtta shoxliklarning vakillari Ya‘ni o‗simliklar, hayvonlar, zambrug‗lar va prokariot organizmlar yashaydi. Minerallardan tashqil topgan tog‗ jinslarning tuproqqa aylantiruvchilardan dastlabkilar bo‗lib mikroorganizmlar, lishayniklar va suvo‗tlari hisoblanadi. Bu tirik organizmlar tuproq hosil qilmaydi, balki yuksak o‗simliklar, dastlabki produsentlar uchun biogen minerallardan tashqil topgan zamin yaratadi. Quruqlik yuzasi o‗simliklar olami xilma-xil bo‗lib, u juda boydir. Yer yuzida o‗simlik formasiyalarning xilma-xilligi va tarqalishi qonuniyatlari tabiiy iqlim sharoitiga bog‗liq. Shimoliy Arktika mintaqasi Ya‘ni Tundra asosan lishaynik va moxlar bilan qoplangan bo‗lib, o‗tchil o‗simliklar va butalar onda-sonda uchraydi. Shimoldan, janubga qarab dastlab o‗rmon tundrasi, daraxt o‗simliklar uchrashi, undan quyiroqda keng maydonda nina bargli o‗rmonlar bo‗lsa, ularni aralash bargli o‗rmonlar almashtiriladi, undan quyida keng bargli o‗rmonlar yer yuzasi bo‗ylab yastanib yotgan o‗tchil o‗simliklarga boy dasht, bir muncha o‗simlik qoplami kambag‗allashgan chala cho‗llar va buta, chala buta va efemyer o‗simliklarga boy bo‗lgan cho‗l mintaqasi egallaydi. Sizot suvlari yaqin yerlarda o‗tloq va botqoqlikka xos bo‗lgan o‗simliklar tarqalgandir. Tog‗ osti, tog‗ oldi va tog‗ mintaqalarida o‗simliklarning tarqalishi balandlik qonuniga bo‗ysunadi. Balandlikning ortib borishi bilan iqlimning o‗zgarishi, o‗simlik qoplamining o‗zgarishiga cho‗l, dasht, tog‗ o‗rmoni va yuqori tog‗ mintaqasidagi yaylov. O‗rmon mintaqasi biomassasi 100 t dan 500 t/ga ni tashqil qilib, shundan 2-6 % ni yyer ustki qismi va 15-40 % ildiz sistemasiga to‗g‗ri kelgan holda har yili tuproqqa tushadigan o‗lik qoldiqlar miqdori 20-64 s /ga ni tashqil qiladi. Dasht mintaqasidagi biomassa miqdori 100-320 t/ga bo‗lib, bu yyerda o‗tchil o‗simliklar ko‗pligi uchun yyer ustki qismi 20-35 % ga, ildiz qismi ham 40-55 % ga 16 ortgan holda, yillik qoldiq 60-130s/ga ni tashqil qiladi. Demak o‗tchil o‗simliklar o‗sgan joyda yer yuzasida va yer ostida ko‗plab organik moddalar hosil qilinar ekan. Yuksak o‗simliklar yani dastlabki produsentlar yer usti biosennozining yadrosini tashqil qiladi. Moddalarning biologik aylanishi organik moddalardan boshlanadi. Bunda o‗similak tuproqdan va atmosferatdan elementlarni o‗zlashtirib olib, biologik usulda organik moddalarni sintezlaydi va o‗similiklar tomonidan hosil qilingan organik modda tuproqqa tushib, mikroorganizmlar tomonidan prachalanib yana tuproqqa va atmosferatga qaytadi. Moddalarning biologik aylanishi natijasida tuproqni organik moddaga, azotga va mineral oziq elementlarga boyitadi, qaysikim bularni o‗simlik yana o‗zlashtirib oladi. Yuksak o‗simliklar tomonidan hosil qilingan moddalar, yer ustiga va tuproqqa tushadi va tuproqda yashovchi tirik organizmlar tomonidan transformasiyalanadi, ba‘zilari ko‗mir kislotasi, gaz va oddiy tuzlargacha mineralizasiyalanadi, bir qismi esa murakkab organik modda tuproq gumusiga aylanadi. O‗rmon mintaqasi tuproq gumusining asosiy manbai yer ustiga tushgan o‗rmon qoldig‗i hisoblanadi. Daraxtlarning ildizi gumus hosil bo‗lishida kam ahamiyatga egadir. Nina bargli o‗rmonlarning qoldiqlari o‗ziga xos kimyoviy tarkibga ega bo‗lib, mexanik jihatdan juda pishiq, shuning uchun ular juda sekin chiriydi va tuproqda dag‗al yani «mor» tipidagi gumus hosil qiladi. O‗rmon qoldiqlarining chirishi va parchalanishi asosan zambrug‗lar ustunligida o‗tadi va gumus tarkibida fulvo kislota ko‗p bo‗ladi. O‗rmon mintaqasining tuproq suv rejimi yuviladigan tipda bo‗lganligi tufayli, podzol tuproqlar paydo bo‗ladi va rivojlanadi. Podzol tuproqlarda kislotalik miqdori yuqori, asoslar bilan to‗yinmagan, gumus kam, oziq elementlar juda kam, asosan azot kamligi tufayli unumdorligi past, organizmlarning biologik faolligi sust bo‗ladi. Keng bargli o‗rmon mintaqasida yer ustiga va tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar tarkibida asoslar va azot ko‗p bo‗ladi. Organik qoldiqlar mavsum davomida 17 parchalanib, Ya‘ni mineralizassiyalanib boradi. Bu mintaqa tuproq gumusining hosil bo‗lishida o‗tchil o‗simlik qoldiqlari ustunlik qiladi, ularning parchalanishi va mineralizasiyalanishdan hosil bo‗lgan asoslar, tuproq paydo bo‗lishida hosil bo‗lgan kislotalarni neytrallab tarkibida kalsiy ko‗p bo‗lgan gumat-fulvat tipidagi gumusni hosil qiladi. Natijada sur tusli o‗rmon va qo‗ng‗ir tusli o‗rmon tuproqlari paydo bo‗ladi. Bu tuproqlarda kislotalik kamayadi, asoslar bilan to‗yinadi, gumus va azot miqdori ortib, tuproqning tabiiy unumdorligi yuqori bo‗ladi. Dasht mintaqasida o‗tchil o‗simliklar ustun bo‗lganligi tufayli chimli tuproq hosil bo‗lish jarayoni boradi. O‗simlik qoldiqlarining yer ustiga va tuproqqa ko‗plab tushishi va ularning jadal chirishi, parchalanishi va mineralizasiyalanishi natijasida dasht mintaqasida qora tuproq paydo bo‗ladi. O‗simlik qoplamining tipi elementlarining biologik aylanishi tezligini, hajmini, haraktyerini ximizimini belgilaydi. Masalan bir yillik va ko‗p yillik o‗tlar senozida moddalarning biologik aylanish hajmi, o‗rmon senoziga nisbatan kam, lekin tez va intensiv bo‗ladi. O‗simlik assosasiyalar qoldiqlaridan hosil bo‗lgan organik moddalarning kimyoviy tarkibiga qarab moddalar biologik aylanishning o‗ziga xos tiplari vujudga keladi, Ya‘ni qarag‗ayli ninabargli tuproqda kalsiyli azotli, keng bargli o‗rmonda azotli kalsiyli, boshoqli o‗simliklar o‗sgan joyda azotli kaliyli va golofit o‗simliklar uchun xlorli natriyli tip xosdir. Yuksak o‗simliklarning ildiz sistemasi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga hamda tuproqning biologik faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi. O‗simlik ildizlari tuproq donadorligini oshiradi, g‗ovakligini ta‘minlaydi, hovo almashinuvini yaxshilaydi, minerallarning parchalanishida ishtirok etadi va mikroorganizmlarni organik oziq moddalar bilan ta‘minlaydi. Tuproq profilida moddalarning biogen akkumulyasiyalanishini diffyerensiyasiyasini amalga oshiradi. Tuproq mikrobiologiyasi va biokimyosi uchun eng muhimi o‗simlik ildizlari tomonidan ajratiladigan moddalarning kimyoviy tarkibi va miqdoridir. Chunki shu 18 ildizlardan ajralib chiqayotgan modda ildiz zonasidagi mikroorganizmlarning faolligini va rivojlanishini va tuproqda kechayotgan muhim biokimyoviy jarayonlarni aniqlaydi. O‗simlik ildizi yuzasida va atrofida (rizosfyera va rizoplanda) tabiatda azot aylanishining asosiy bo‗g‗imi Ya‘ni azotafiksasiya va denitrifikasiya jarayonlarini amalga oshiruvchi mikroorganizmlar to‗plangan bo‗ladi. Bu o‗z o‗rnida o‗simliklarning azot bilan oziqlanishida va tuproqda umumiy azotning to‗planishida muhim ahamiyatga ega. Ba‘zi bir umurtqasiz hayvonlar o‗simlik ildizlari bilan oziqlanadi, ildiz yuzasida zambrug‗lar rivojlanib mikoriza hosil qiladi, ildiz hujayralari bakteriyalar bilan simbiozga kirishib, tuganaklar hosil qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling