Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Chlorophyuta -yashil suvo‗tlari tuproq biotasida vakillari eng ko‗p 
tarqalgan hisoblanadi. Ularning yashil rangiga qarab oson topib olish 
mumkin, ko‗kyashil suvo‗tlariga o‗xshab bular tuproq yuzasida parda, dog‗ 
hosil qilmaydi.Bularning alohida hujayralari yoki ipsimon tallomlari 
tuproqning yuza qatlamida joylashgan bo‗ladi, qulay sharoitda tuproq 
kesakchalari yuzasda yashil dog‗larni hosil qiladi.Hujayra morfologiyasi va 
tallomining strukturaviy tuzilishi ko‗ra yashil suv o‗tlari xilma xil bo‗ladi. 
Bir hujayrali yumaloq, o‗roqsimon, vyergulsimon ba‘zan tuproq 
agregatlari ustida 3-4ta hujayraviy to‗plam hosil qiladiganlardan 
Chlorococcoles tartibining vakillari uchraydi. Chlomydomonadales 
tartibining bir hujayrali xivchinli vakillari esa tuproqda keng tarqalgan. 
Tuproqda keng tarqalgani yashil suvo‗tlarining ko‗p hujayrali 
vakillari Ulotrichales tartibiga mansubdir. Yashil suvo‗tlari jinsiz oddiy 
bo‗linish, 
jinsiz 
harakatlanmaydigan-avtospora 
va 
harakatchang-
zoosporalar hosil qilib ko‗payadiganlari. Shu bilan bir qatorda 
kon‘yugasiya Ya‘ni 
ikkita 
hujayraning 
qo‗shilishilib 
yadroviy 
borliqlarining qo‗shilishi natijasida jinsiy spora hosil bo‗ladi, bu sporadan 
suv o‗tining yangi ipi o‗sib chiqadi. 
Sariq yashil suvo‘tlari. Xanthophyta sariq yashil suvo‗tlarining 
tuproqda bir hujayrali va ko‗p hujayrali turlari uchraydi. Bir 
hujayralilardan Pleurochloris, Characiopsis, Bumilyeriopsis avlodlarining 
vakillaridir. Ko‗p hujayrali sariq yashil suvo‗tlaridan tuproqda keng 
tarqalganlari Hetyerotrix, Tribonema avlodlarining vakillaridir. 
Tuproq suvo‗tlari zamburug‗lar va bakyeriyalardan farqli o‗laroq 
mineral elementlardan organik moddalarni sintezlaydi. Ular tuproqni 
organik modda bilan boyitadi hamda fotosintez jarayonida ajralib 
chiqadigan kislorod ta‘sirida tuproq ayerosiyasini yaxshilaydi. Suvo‗tlari 
tog‗ jinslarining nurashida faol ishtirok etadi, ularning mexanik parchalab 
tuproq hosil bo‗lishini ta‘minlaydi. 


14 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling