Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Ko‘kyashil suvo‘tlari. Bundan yuz yil muqaddam olimlar ko‗k
yashil suvo‗tlarini ma‘lum darajada farq qilib, umumiy tuzilishi bilan bakteriyalarga xosligini ta‘kidlagan edi. Hujayraviy tuzilishi bilan barcha organizmlarni 1937-yilda Chatton eukariot va prokariotlarga ajratishni taklif qilganda ko‗k yashil suvo‗tlari 12 bakteriyalar bilan birgalikda prokariotlar guruhiga birlashtirilgan. Lekin hayot kechirishi bo‗yicha ko‗k-yashil suvo‗tlari bakteriyalarga nisbatan yashil suvo‗tlariga juda yaqin turadi. Shuning uchun ham bularni tuproq suvo‗tlari sifatida o‗rganish ma‘quldir. Ko‗kyashil suvo‗tlarining hujayraviy tuzilishi prokariotlarga o‗xshash bo‗lib, yadrosi sitoplazmadan alohidalashmagan. Mitaxondriya va xloraplastlari yo‗q. Endoplazmatik to‗r kuchsiz rivojlangan, organik moddalar zapasi bakteriyalarnikiga o‗xshash moddalardan iborat. Ko‗kyashil suvo‗tlarining fotosintezlovchi aparati tuzilishi va bajaradigan vazifalari kelib chiqishi bo‗yicha xloraplastlarga o‗xshab ketadigan to‗plami- tillakoidlardan iborat, lekin ular o‗rab turuvchi menbranasi yo‗q sitoplazmada joylashgan. Pigmentlardan fikosianin, fitoeritin va karatinoidlar bo‗lib, bu pigmentlar yig‗indisi organizmga ko‗kyashil rangni beradi. Sianobakteriyalar morfologik tuzilishi bo‗yicha juda xilma-xil bo‗lib bir hujayrali, ipsimon koloniyali shakllari bor. Ko‗kyashil suvo‗tlarining asosiy turlari Chrococales tartibining Microcystis pulvyerea bo‗lib, tuproqda ma‘lum shaklga ega bo‗lmagan parda hosil qiladi. Cleocapsa avlodining turlari yirik hujayrali bo‗lib, ikkita va to‗rtta hujayralari birikib qatlamli parda hosil qiladi. Tuproqda keng tarqalgan ipsimon ko‗k yashil suvo‗tlari Nostokales tartibiga mansubdir. Masalan Nostos commune, tuproq yuzasida yirik bir necha sm ni tashqil qiladigan qoramtir yashil koloniyalar hosil qiladi. Sharoit bo‗lganda bu koloniyalar tuproq yuzasini butunlay qoplab oladi. Tuproqda keng tarqalgan. yana bir tur Anabaena variabilis nostok turiga o‗xshash bo‗lib g‗ovok koloniyalar hosil qiladi. Ko‗k yashil suvo‗tlarining ipsimon tallomida getrosista hamda spora hosil qilmaydigan Oscillatoriales, Lungbua va Phormidium tartibining vakillari ham tuproqda keng tarqalgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling