29
Fitofaglar – tirik o‗simliklarning ildiz to‗qimalari bilan oziqlanib
qishloq xo‗jalik ekinlariga juda katta zarar etkazadilar.
Masalan may
qo‗ng‗izining
lichinkasi
yosh
novdalarning
ildizlarini
kemiradi.
Nemotodalar o‗simliklar ildizlarining hujayralari ichiga kirib olib oziqlanib
zarar etkazadi.
Zoofaglar- bular yirtqich yoki parazit holda boshqa tuproq hayvonlari
bilan oziqlanadi. Bularga hashorotxo‗rlar soddalar bilan oziqlanuvchi
nemotodlar, og‗izaylangichlar, nemotodlar
bilan oziqlanuvchi yirtqich
kanalar, oyoqdumlilar, enxitreidlar kiradi.
Nekrofaglar - hayvonlarning o‗lik tanalari bilan oziqlanuvchilar. O‗rta
Osiyo cho‗l mintaqasida yashab hashoratlarning
qoldiqlari bilan
oziqlanuvchi chumolilar.
Saprofaglar- tuproq hayvonlariing ichida asosiy o‗rinni egallaydi.
Ular o‗simliklarning yer ustki va yer ostki qoldiqlarini qayta ishlaydi. Bu
guruhga chuvalchanglar,
hashorotlarning lichinkalari, ba‘zi bir kanalar
kiradi. Bular detrid oziq zanjirida
ekologik guruh hisoblanib, tuproqda
organik moddalarning o‗zgarishiga uchrashida
ishtirok etadigan tuproq
hayvonlari ichida eng ahamiyatlilaridir.
Tuproq biotasiga kiruvchi hayvolar tuproq muhitida doimiy hayot
kechirishi yoki uzoq qisqa yashashiga qarab uch guruhga bo‗linadi.
Geobiontlar-tuproqda doimiy hayot
kechiradigan hayvonlardan
yomg‗ir
chuvalchanglari,
enxitreidlar,
kanalar,
ko‗poyoqlilar,
oyoqdumlilar, nemotodalar, og‗iz aylangichlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: