Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

2.5. Infuzoriyalar(Cilita) sinfi. 
Infuzoriyalar tipiga murakkab tuzilishga ega bo‗lgan bir hujayralilar 
kiradi. Infuzoriyalar asosan suv havzalarida yashaydi, ular tuproqda 
uchrashi jihatidan xivchinlilar va amyobalardan keyingi o‗rinda 
turadi.Hujayrasi amyoba va xivchililarnikidan birmuncha yirik bo‗lib, 
ayrim vakillarining kattaligi 1-1,5 mm keladi. Infuzoriyalarning tanasi ko‗p 
sonli ko‗ndalangli, qiyshiq, yoki spiral shakilda joylashgan kiprikchalar 
bilan qoplangan.Kipriklari yordamida harakatlanadi, hamda og‗iz teshigi-
sitostomaga oziqni olib keladi. Hujayrasi murakkab tuzilgan bo‗lib sirtidan 
doyimiy shakilga ega qobiq-pellikula bilan qoplangan. Sitoplaza 
diffyerensasiyalangan bo‗lib ekto va endoplazmaga bo‗lingan makro va 
mikro yadrosi, hazim qiluvchi, qisqaruvchi vakuolalar, og‗iz teshigi va 
qo‗shilmalari bor. Ko‗pchilik turlarida hujayrasining oldingi va keyigi 
qismlar aniq ifodalangan, sudraluvchilarning tanasi elka va qorin qismiga 
ajraladiyu Tuproqda yashovchi infuzoriyalar quyidagi kenja sinflarga 
Holotricha(Colpoda, Paramaecium)- hayvon hujayrasi bo‗ylab kipriklar 
teng 
joylashgan. 
Teng 
kipriklar 
turkumiga 
mansub 
bo‗lgan 
infuzoriyalarning tanasi bir tekis joylashgan va bir xil uzunlikdagi 
kiprikchalar bilan qoplangan. Bu turkumning tipik vakili sifatida oddiy 
tufelkani ko‗rsatish mumkin. Spirotricha- tananing orqa uchidan og‗iz 
tomonga qarab kipriklar spiral shaklida joylashgan, va Peritricha- 
hujayrasi ko‗ndalangiga kipriklar bilan teng ikkiga bo‗lingan, og‗iz 
chuqurligi ikki qator reduksiyaga uchragan kipriklar bilan o‗ralgan 
Vorticella ni misol qilish mumkin, va tanasi har xil kipriklar bilan 
qoplangan turlari uchraydi. Sohil bo‗yidagi qumlarda o‗ziga xos 
psammofil (qumsevar) infuzoriyalar tarqalgan. Ularning tanasi cho‗ziq
chuvalchangsimon shaklda, kiprikchalari 


33 
tanasining bir tomonida joylashgan bo‗lib, qumga yopishish uchun xizmat 
qiladi. Kiprikchalari infuzoriyalarni suvda yuvilib ketishdan saqlaydi. 
MDH davlatlar hududi tuproqlarida infuzoriyaning 43dan ortiq 
avlodlarining turlari uchiraydi. 
Infuzoriyalar bakteriyalar, bir hujayrali suv o‗tlari va har xil organik 
moddalarga boy bo‗lgan tuproqning yuqori qatlamida ko‗plab uchiraydi va 
ular bilan oziqlanib tuproqda ularning sonini cheklab turadi. Noqulay 
sharoida nam etishmaganda,harorat pasayganda bir hujayralilar sistaga 
o‗ralish xususiyatiga ega. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling