Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Xivchinlilar sinfi (Mastigophora, Flagellata. )
2.3. Sarkomastigoforalar sinfi.
Bu tipga soxta oyoqlar yoki xivchinlari yordamida harakatlanadigan bir hujayralilar kiradi. Tuproqda sarkodolilar va xivchinlilar sinfining vakillari uchraydi Sarcodina- Sarkodalilar eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Tanasi sirtida qattiq po‗st bo‗lmaganligi tufayli ularning shakli doimo o‗zgarib turadi. Hujayra sitoplazmasi soxta yoki ildiz oyoqlar deb ataladigan muvaqqat o‗simtalar hosil qilish 31 xususiyatiga ega. Bu yolg‗on oyoqlari harakat qilish va oziqani qamrab olish vazifasini bajaradi. Sitoplazma bitta yadro va ayrish vazifasini bajaruvchi qisqarish vakuolalari joylashgan.Tuproq sarkodalilarga yalang‗och amyoba va chig‗anoqli amyobalar kiradi. Yalang‗och amyobalarning kattaligi 20 mkm gacha bo‗lsa, chig‗anoqli amyobalarning o‗lchami 65 mkm gacha bo‗ladi. Amyoba turli bakteriyalar, achitqi zamburug‗lar, bir hujayrali suvo‗tlari va boshqa bir hujayrali xivchinli hayvonlar, kolovratkalar,qorinoyoqlilar bilan oziqlanadi. Chig‗anoqli amyobalarning tanasi chig‗anoq yoki sovut ichida joylashgan chig‗anoqning kengaygan tomonidan soxta oyoqlari chiqib turadi. Chig‗anoqli amyobalar saprofag hayvolar bo‗lib, sfagnumli botqoq tuproqlari biosenozi tarkibida ko‗p uchraydi. Ularning 1 g tuproqdagi soni bir necha o‗n mingtaga etadi. Sho‗rlangan tuproqlarda chig‗anoqli amyobalar tuproqning bir muncha kam sho‗rlangan oraliq (V) qatlamida, sho‗rlanmagan tuproqlarda ustki (A) qatlamda uchraydi. Chig‗anoqli amyobalar bir hujayralilar suksessiyasi jarayonida xivchinlilar, amyobalar va infuzoriyalardan keyingi o‗rinda turadi. 2.4. Xivchinlilar sinfi (Mastigophora, Flagellata. ) Xivchinlilar sinfiga mansub bo‗lgan hayvonlarda qilga o‗xshash xivchinlilarning mavjudligi va shu xivchinlari yordamida harakat qiladi. Ularning tanasi qattiq pelikula qobiq bilan qoplangan bo‗lib doimiy shaklga ega. Xivchinlilarni oziqlanish usuliga binoan o‗simlik va hayvon xivchinlilarga ajratish mumkin. O‗simlik xivchinlilar yashil o‗simliklar kabi fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning hujayrasida xlororfil pigmentli orgonoidlar xromotoforlar bo‗ladi. Tuproqda yashil rangli Euglena viridius- evglena, yashil rangli Chlamydomonas- xlamidomanada, qo‗ng‗ir rangli Cryptomonas- kriptomonada, sarg‗ish rangli Ochromonas- oxromonoda kabilar uchraydi. Ayrim yashil xivchinlilar (evglena) qorong‗ida xlorofil pigmentini yo‗qotib, rangsizlanadi va osmotrof (suvda yerigan moddalarni tanasi orqali shimib olish) oziqlanishiga o‗tadi. Bunday hayvonlar aralash oziqlanadigan (miksotroflar) deyiladi. Hayvon xivchinlilar (zoomastigalar) rangsiz 32 bo‗lib, haqiqiy hayvonlardek tayyor ozuqa bilan getyeratrof usulda oziqlanadi. Ular osmotrof va golozoy (oziq zarralarni yutish) oziqlanadigan Monas, Boda, Cyercomonas, Oicomonas avlodlarining turlaridir. Tuproqda yashovchi xivchinlilar juda mayda bo‗lib, ayrim turlarining uzunligi 2-4 mkm ni tashqil etadi. Ular tuproq biomassasining hosil bo‗lishida muhim o‗rin tutadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling