Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Ko‘p hujayralilar kenja olami. 
2.6. To‘garak(Nematoda) chuvalchanglar tipi 
Yumaloq chuvalchanglar ko‗p hujayralilar kenja dunyosiga mansub 
hayvonlar. Ular tanasining ko‗ndalang kesimi doira yoki to‗garak shaklida 
bo‗ladi. Tana bo‗shlig‗i suyuqlik bilan to‗lgan, unda ichki organlari 
joylashgan, ovqat hazm qilish, ayrish va nyerv sistemalari rivojlangan, 
ayrim jinsli hayvon yumaloq chuvalchanglarning 12000 dan ortiq turi 
ma‘lum bo‗lib, tuproqda yashaydiganlari, og‗iz aylangichlar va 
nemotadalar sinflarining vakillaridir. 
Rotatoria- Og‘iz aylang‘ichlar ko‗p hujayrali hayvonlar ichida eng 
kichik hayvonlar hisoblanadi.Tanasining oldingi tomonida aylana shaklida 
kprikli aparat joylashgan.Kprikli aparat harakatlanish va oziqni tutish 
vazifasini bajaradi. Og‗iz aylang‗ichlar mikroskopik o‗lchami va 
kipriklarining mavjudligi bilan ba‘zi infuzoriyalarga o‗xshaydi. Og‗iz 
aylang‗ichlar tanasi ko‗p hujayrali bo‗lib to‗rt bo‗limga: bosh, bo‗yin, 
gavda va oyoqqa bo‗linadi. Bunday yolg‗on halqali bo‗g‗imlar yuksak 
chuvalchanglar va hashoratlarning haqiqiy sigmentasiyalari bilan 
evolyusion aloqasi yo‗q, shuning uchun ular tuban chuvalchanglar 
hisoblanadi.Ko‗pchilik og‗iz aylang‗ichlar chuchuk suvlarda va dengiz 
suvlarida hayot kechiradi. Tuproqda yashovchilari turlari juda kam, ular 
o‗rmon to‗shamalarida, 
yo‗sinlar 
orasida 
yashaydi 
tuproqning 
minyerologik qatlamlariga tushmaydi. Iqlim sharoitiga bog‗liqligi yo‗q, 
sovuq Antarktidada ham uchraydi.Og‗iz aylang‗ichlar tuproq kapillyar va 
pardasimon suvlarida erkin yashasa ba‘zilar tuproq 


34 
zarrachalari yuzasiga yopishib hayot kechiradi. Chirib parchalanayotgan 
organik moddalar, bakteriyalar va bir hujayrali suvo‗tlar bilan, yirtqichlari 
esa tuproq soddalar va mayda og‗iz aylang‗ichlar bilan oziqlanadi.Og‗iz 
aylangichlar oziqasining turiga qarab polifag va monofaglarga bo‗linadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling