Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bazidiomysetes
Askomisetlar xaltali zambrug‗lar, zambrug‗lar olamining eng yirik
sinfi bo‗lib, o‗z ichiga 30000 turni oladi. Xaltali zambrug‗larning barchasi uchun xos bo‗lgan belgilaridan biri jinsiy ko‗payish jarayonida 8 ta askosporali xalta yoki askoning hosil bo‗lishidir. Sporalaridan askomisetlarning rivojlanish siklida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan jinsiz spora saqlovchi ko‗p hujayrali miseliy hosil bo‗ladi. Jinssiz sporalar miseliyning o‗simtalarida shakllanib, u konidiosporalar deb nomlanuvchi har xil tuzilishga ega bo‗ladi. Tuban xaltali zambrug‗larda, xalta miseliyning o‗zida hosil bo‗lsa, yuksak xaltalilarda meva tananing ichidagi maxsus xaltalarda hosil bo‗ladi. Xaltali zambrug‗larning meva tanasi yopiq (kleystoset) yuqori qismi teshikli yoki tarelkasimon tuzilishli bo‗ladi. Xaltali zambrug‗lardan Peziza ni go‗nglarning ustida uchratish mumkin bo‗lsa, o‗rmon to‗shamasi yoki o‗rmon qiyining ustida sellyulozalrni parchalovchi zambrug‗ Chaetomium ni uchratamiz. Askomisetlarning aksariati - saprofit hisoblanadi, ba‘zilari madaniy o‗simliklarda un shudrig, hamda olma va noklarning mog‗orlab qolish kassalligini keltirib chmqaradi. Bazidiomysetes-Bazidomisetlar yuksak darajada takomillashgan zamburug‗lardir. Bu zamburug‗lar bazidiy deb ataluvchi jinsiy sporalar hosil qiladi. Bazidosporadan rivojlangan dastlabki miseliylar uncha uzoq turmaydi. Miseliydagi ikkita hujayra yoki boshqa miseliydagi hujayralar birlashib ichidagi borliq qo‗shiladi lekin yadrolari qo‗shilmaydi natijada ikki yadroli hujayra dikarionlar hosil bo‗ladi. Ikki yadroli hujayralilardan tashqil topgan miseliy dikariofit deb yuritiladi. Dikariofit miseliy tuproqda, daraxtlar tanasida uzoq yashaydi, qalpoqchali zamburug‗larning miseliysidek ko‗p yillik bo‗ladi. Rivojlanishining ma‘lum davrlarida miseliydan bazidiospor hosil bo‗lib turadi. Bazidiomisetlarning ko‗rchiligida bazidiosporalar meva tanasining yuzasida yoki ichida bo‗ladi. Bazidiomisetlarning meva tanasi turli tuman bo‗lib, mikroskopik tuzilishli shakldan o‗lchamlari bir necha o‗n sm gacha, og‗irligi bir kg gacha va undan yiriklari ham uchraydi. Meva tana, g‗ovak, etdor yoki yuzasi qattiqlashgan hollarda bo‗larda bo‗lib qolpoqcha va oyoqchadan iborat. 22 Bazidiomisetlardan o‗rta mintaqa o‗rmonlarida soprofit meva tanasi shoxlangan butasimon sariq-zarg‗oldoq dog‗lar hosilqiluvchi zamburug‗lar o‗sadi. Bu zamburug‗i- qo‗ng‗ir rangli bo‗lib etdor nonga o‗xshab ketadi, soprofit bo‗lib qulay sharoitda tez o‗sib uylarning yog‗ochliklarini emiradi. Yog‗och zamburug‗lari ichida soprofitlari bo‗lib kesilgan yog‗ochlarda yashaydiganlar, o‗rmonlarning tirik yoqalroqchaliklarida parazitlik qiluvchilari ham mavjud. Yog‗och zambrug‗larning miseliysi daraxt tanasining ichida rivojlanadi, daraxtning yuzasida yog‗ochsimon meva tanasi bo‗lib unning quyi tomonidan sporali qatlam shakillanadi. U naychasimon, ichida bazidiosporali bazidiya rivojlanadi. Bazidiomisetlarning yuumshoq etdor meva tanasi ustincha va qalpoqchadan iboratdir, meva tanada sporalar joylashgan qatlam mavjud bo‗ladi, u gimenofor deb atalib shakli plastinkasimon, tishsimon va naysimon bo‗ladi. Bunday meva tanalilar dasht, adir va o‗rmon mintaqalarida tarqalgan, iste‘mol qilinadigan va zaharli qalpoqchali zambrug‗lardir.Qalpoqchali zambrug‗lardan mikoriza hosil qiluvchilari, o‗rmon to‗shamasida, saprofit yashovchilari, Ya‘ni o‗simlik qoldiqlarini parchalovchilar va parazitlari bor masalan Armillariella mellea o‗rmondagi ko‗pchilik daraxt turlarida parazitlik qiladi. Bazidomisetlar o‗rtasida gul- zamburug‗ deb ataluvchi juda chiroyli qiziq turlari ham uchraydi.Bu gastyeromisetlar ichida bazidiyalar etiladigan yopiq tuganak, yulduz, va sumkacha shaklidagi yopiq meva tana hosil qiladi. Gastyeromisetlarning barchasi tipik tuproq soprofitlari hisoblanadi. Bazidomisetlar xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga ega, ularning ko‗pchiliklarining meva tanalari iste‘mol qilinadi. Masalan: shampin‘on- Agaricus bisporus, oqdasht-Boletus edulis zambrug‗i, oq qayin - L.scabrum. sirg‗asimon- Russula.va boshqa tur zambrug‗lar uchraydi. Bazidomisetlarning fitopotogenlariga qorakuya va zang zambrug‗lari kirib, ular g‗alladoshlar oilasiga mansub o‗simliklarda parazitlik qiladi. Zaharli turlardan oq pogonka- Amanita phalloides va muxomor- Amanita muscaria va dori-darmonlar olinadi turlari ko‗plab uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling