Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


 Tuproq zamburug‘lari va lishayniklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

1.4. Tuproq zamburug‘lari va lishayniklar. 
Zamburug‗lar tuban eukariot organizmlar bo‗lib, ular to‗qima hosil 
qilmaydi. Zamburug‗lar orasida bir hujayrli va ko‗p hujayrali bo‗ladi. 
Ularga osmotrof oziqlanish xos bo‗lib, tirik tabiatning alohida olamiga -
Mucotaga 
birlashadi. 
Paleontologiyaning 
ma‘lumotlariga 
ko‗ra 
zamburug‗lar tirik tabiat o‗simlik va hayvonat olamiga ajralmasdan oldin 
paydo bo‗lgan. Avallari zamburug‗larni ba‘zi o‗xshashliklarga qarab 
o‗simliklar olamining tuban suvo‗tlar bo‗limiga kiritar edi.O‗simliklarga 
xos belgilar: hujayra qobig‗ining qutbligi, tepa o‗sish, vakuolaning borligi. 
Lekin zamburug‗ hujayralari, hayvon hujayralariga ham o‗xshab ketadi: 
oziqlanish turi, vitaminlarga muhtojligi, hujayra qobig‗ida sellyuloza 
o‗rniga xitin moddasining borligi, azot almashinuvida mochevina hosil 
bo‗lishi, glikogen sintezi va boshqalar. Zamburug‗larda faqat ulargagina 
xos bo‗lgan belgilarning mavjuligi, ularni alohida olamga birlashtirishga 
yordam beradi. Zamburug‗lar adsorbsion (osmotrof) oziqlanishga imkon 
beradigan miseliyli tuzilishga ega ularning yadro tuzilishi o‗zlariga xos 
bo‗lib, murakkab tuzilgan. Zamburug‗ hujayralarida getrokariozis (bitta 
hujayrada har xil sifatli yadroning bo‗lishi) va dikarioz (uzoq vaqt 
davomida bitta hujayrada ikkita Ya‘ni bo‗linuvchi yadrolarning bo‗lishi) 
hodisalari kuzatiladi. 


19 
Zamburug‗lar makro va mikromisetlarga bo‗linadi. Makromisit 
zamburug‗lar yirik meva tana hosil qiladi, mikromisetlar meva tana hosil 
qilmaydi. Ularning umumiy hayot sikli mikroskopik strukturalarda 
namoyon bo‗ladi. Zamburug‗larning tana tuzilishi vegetativ strukturadan 
iborat bo‗lib, ular giflardan tashqil topgan, giflar yig‗indisi miseliyni hosil 
qiladi. Giflar ipsimon tuzilishga ega bo‗lib, ko‗ndalang to‗siqlar bilan 
bo‗g‗imlarga bo‗lingan yoki tekis bo‗ladi. Shu tuzilish xususiyatlarga qarab 
zambrug‗lar yuksak (bo‗g‗imlarga sentalarga bo‗lingan) va tuban (tekis) 
turlarga bo‗linadi. Yuksak zambrug‗ giflaridagi bo‗g‗imlar oddiy va 
murakkab teshikchalardan iborat bo‗ladi. 
Tabiatda zamburug‗lar keng tarqalgan, ularning sporasini deyarli 
hamma tabiiy substratlarda va sun‘iy matyeriallarda hamda mevalarning 
yuzalarida uchratish mumkin. Ular orasida parazitlar, yirtqichlar va o‗lik 
qoldiqlar ustida rivojlanuvchi saprotroflari mavjud. Zamburug‗ oziq-ovqat, 
don va kartoshkaning buzilishiga sabab bo‗ladi yoki yog‗och, shisha 
inshootlarini emirishi mumkin. Ular orasida hayvon, o‗simlik va odamlarda 
kasallik qo‗zg‗atuvchilari ham bor. Ular tuproq taksikoziga sabab 
bo‗ladilar. 
Yer usti biogeosenozida zamburug‗lar asosan tuproqda hayot 
kechiradi. Ular miseliylarining umumiy uzunligi 1 kg tuproqda 700-1000 
m gacha borishi mumkin. 
Ekologik guruhlar ichida zamburug‗lar tipik redusentlar bo‗lib, 
organik moddalarni parchalashda ishtirok etadilar. Bir sutka davomida ular 
iste‘mol qilganiga nisbatan 2-7 marta ortiq organik moddani parchalaydi. 
Zamburug‗ hujayralaridan tashqariga chiqarilgan gidrolitik fermentlar, 
o‗simlik to‗qimalariga xos bo‗lgan pektin, sellyuloza va ligninlarga ta‘sir 
qilib parchalab ularni oziq moddalarga aylantiradi. 
Zamburug‗lar-Mucota olamiga, haqiqiy zambrug‗lar Eumucota va 
shilimshiq 
Muxomucota 
larni 
birlashtiradi. 
Shilimshiqlar 
yoki 
miksomisetlar uncha katta bo‗lmagan o‗ziga xos organizmlar guruhi bo‗lib, 
vegetativ tanasi yalang‗och plazmadan iborat bo‗lib plazmodiy deb 
ataladi. Plazmodiy har xil o‗lchamlarda 


20 
mikroskopik o‗lchamdan, bir necha sm gacha boradi, gigant shakllarining 
plazmodiylari 25 sm gacha borishi mumkin. Plazmodiyda bir nechta 
yadrolar bo‗ladi. Plazmodiylar manfiy fototaksis va musbat gidrotaksis 
xususiyatiga ega bo‗lib, ular qorong‗u zax nam joylarga kirib olib 
amyobasimon oziqlanib o‗sadi. Rivojlanishning ma‘lum davrida taksislik 
faoliyati qarama-qarshi tomonga o‗zgarib, qorong‗u zax yerdan, quruq 
yorug‗ joyga chiqib, oq, sariq, pushti yoki qizil shilimshiq massa hosil 
qiladi. 
Shu joyning o‗zida bir necha soat mobaynida shilimshiq tana 
yumaloq yong‗oqsimon yoki no‗xasimon shakldagi sporangiyga aylanadi. 
Miksomisetlar sporalar hosil qilib ko‗payadi. Ularning sporalari sporangiy 
ichida joylashadi. Sporalar ikki xivchinli zoosporalar holida yoki 
miksoamyoba shaklida bo‗ladi. Ular bo‗linib harakatlanib yangi shilimshiq 
massa plazmodiy hosil qiladi. Miksomisetlar ichida saprofit va o‗simlik 
hujayralarida parazitlik qiladigan turlari mavjuddir. 
Haqiqiy zamburug‗lar to‗rtta asosiy sinfga bo‗linadi. Tuban 
zamburug‗larga miseliysida to‗siq bo‗lmaydigan bitta sinf Zugomucetes-
zigomisetlar xosdir.Bu sinf uncha katta bo‗lmay o‗z ichiga 500 turni oladi. 
Zigomisetlarning miseliysida sporangiy rivojlanib, unda jinssiz sporalar 
etiladi, sporangiy ochilganda sporalari to‗kilib, ulardan har xil sifatli 
miseliylar hosil bo‗ladi. Bu miseliylar morfologik jihatdan farqlanmaydi
lekin har xil jinsli bo‗ladi. Jinsiy jarayonda har ikkala miseliylarning giflari 
uchlari bilan tutashadi va ichidagi suyuqliklarning qo‗shilishidan zigota 
hosil bo‗ladi. Zigota qalin qobiqqa o‗ralib tinim davrini o‗taydi. 
Ushbu sinfning asosiy vakillari mukorlar va entomoftorlardir. 
Mukorlar tipik tuproq saprofitlari bo‗lib hisoblansa, entomoftorlar 
hashorotlarda parazitlik qiladi. Mog‗or zambrug‗lari organik moddalarga 
boy tuproqlarda, o‗simlik qoldiqlarida, hayvolar go‗ngida ko‗plab 
rivojlanadi. Mog‘or zambrug‗larining quyidagi avlodlarning Mucor, 
Rhizopus, Phusomucs, Zugorhunchus, Mortiyerella vakillari tabiatda keng 
tarqalgan
.


21 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling