1.2. Tuproq suv o‘tlarining ekologik xusisiyatlari.
E.A. Shitina va M.M.Gollyerbaxlar tuproq suvo‗tlarini hayotiy shakli,
yashashga
moslashish
tuzilmalarining
o‗xshashligiga
qarab
o‗simliklarekologik klassifikasiyasiga kiritadi.
Tuproq suvo‗tlari hayotiy shakliga ko‗ra avlod nomining bosh harfi bilan
belgilanuvchi to‗qqizta guruhga ajiratiladi.
Ch-shakl (Chlorella).Tuproq qatlamlarida yashovchi, o‗ta nam tuproq
yuzasida qoplam hosil qiladigan, bir hujayrali va kolloniya bo‗lib
yashovchi yashil va sariq yashil suvo‗tlari.
C-shakl (Celindrospyermum).Tuproq qatlamlarida yaxlit yopishqoq
parda hosil qilib yashovchi, bir hujayrali koloniali va ipsimon suvo‗tlari.
X-shakl (Xantophyta).Soyasevar, qurg‗oqchilikka va yuqori haroratga
chidamsiz, bir hujayrali sariq yashil va ko‗pchilik yashil suvo‗tlari.
B-shakl (Bacillariophyta).Tuproq yuzasida boshqa suvo‗tlari bilan
birga yashovchi, harakatchan hujayrali, sovuqqa chidamli yorug‗ sevar
suvo‗ti.
P-shakl (Phormidium). Tuproq qatlamida parda hosil qilmay sochilib
yashovchi, tuproq zarrachalari ustida dog‗ hosil qiladi, qurg‗oqchillika
chidamli, ipsimon ko‗kyashil suvo‗ti.
M-shakl
(Microcoleus).Qurg‗oqchilika
chidamli,
nam
tuproq
kesakchalari yuzasida oddiy ko‗zga ko‗rinadigan shilliq parda hosil
qiluvchi ipsimon suvo‗ti.
H-shakl (Hetyerothrix).Tuproq yuzasida yashovchi
yopishqoq
ipsimon yashil va sariqyashil suvo‗ti.
N- shakl (Nostoc). Yer yuzasida shilliq talom hosil qiluvchi. YOrug‗
sevarva quroqchilika chidamli, ko‗kyashil suvo‗ti.
V-
shakl (Vauchyeria).Nam tuproq yuzasida dog‗ hosil qiladigan
ipsimon suvo‗ti.
Tuproqda suvo‗tlarining tarqalishi geografik kenglik qonuyatiga va
o‗simliklar bilan qoplanish darajasiga bog‗liq.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |