Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



2. TUPROQ BIOTASI HAQIDA TUSHUNCHA 
Uzoq vaqtgacha tirik olam haqidagi tushunchaning turli tumanligi
uni ikkita shoxlikka o‗simliklar va hayvo organizmlari, Ya‘ni mos ravishda 
flora va faunaga bo‗lish bilan chegaralanib kelindi. Bu tushuncha 
Aristoteldan boshlanib K.Linney o‗zining «Tabiat sistemasi» asarida 
mustaxkamlaydi, bu ikki olamga bo‗linishning asosiy sabablardan biri 
bo‗lib organizmlarning oziqlanish usuli hayvonlarda getyerotrof va 
golozoy, o‗simliklarda esa avtotrof va osmotrof, hujayra devorlarining 
tuzilishi hamda harakatchan va harakasiz hayot kechirishlaridir. 
Mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan organizmlar ikki olam o‗rtasida 
quyidagicha ajratildi, suvo‗tlar, zambrug‗lar va bakteriyalar o‗simliklarga, 
soddalar hayvonlarga kiritiladi. 
Bir hujayrali mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan organizmlarni 
o‗rganish natijasida ularning orasida ba‘zi bir turlarni o‗simlik va 
hayvonlarga bo‗lish bir muncha qiyinchiliklarga olib keladi, chunki bu 
turlarda u yoki bu olamga xos bo‗lgan uyg‗unlashgan belgilar mavjudligi 
namoyon 
bo‗ldi. 
Masalan ba‘zi bir hujayrali xivchinlilarning 
xromotoforlari bo‗lib, o‗simliklar singari fotosintezlash qobilyatiga ega 
bo‗lsada lekin hujayra tuzilishi tasnifi bo‗yicha sodda hayvonlarga xosdir, 
yoki miksomisetlar soddalar singari fatotrof bo‗lib hisoblanishsada, meva 
tana hosil qilishi jixatidan zambrug‗larga o‗xshaydi. 
Hayvonat va o‗simlik olamini sistemaga solishda yuqoridagi 
qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun tirik tabiatni uchinchi bir olamga 
bo‗lish taklifi (E.Gekkel) tug‗ildi, Ya‘ni soddalar olami, qaysikim bunga 
suvo‗tlar, soddalar, zambrug‗lar va 



bakteriyalar kiritildi. Natijada biologik tuzilishlari oddiy bo‗lgan aralash 
olam vujudga keldi. 
Evolyusion nuqtai nazardan ma‘lumki bu ikki olam avlodlarning 
vakillari, hayot darajasining shajaraga Ya‘ni o‗simlik va hayvonat olamiga 
bo‗linishiga qadar mavjud bo‗lgan. 
Tirik 
olamning 
turli 
tumanligi 
xaqidagi 
va 
evolyusion 
tushunchalardagi 
burilish, har bir hujayraning nozik tuzilishlari 
o‗rganilgandan keyin Ya‘ni eukariot va prokariot tiplaridagi hujayra 
tuzilishlari kashf qilingandan keyin barxam topdi. Elektron mikroskopning 
kashf qilinishi va ular yordamida hujayra yadrolaridagi sitologik 
farqlarning topilishi, hujayra devoridagi biokimyoviy tuzlishlari, haqidagi 
ma‘lumotlar va hujayra organiodlarining ishlash mexanizmi, sintezlangan 
makromolekula axborotlarning etkazdirilishi kabilar o‗rganilgach, soddalar 
olamiga barxam berildi. 
Prokariot (yadrogacha tuzilishli organizmlar) va Eukariot (yadro 
tuzilishiga ega organizmlar) o‗rtasidagi ajralish, o‗simlik va hayvonat 
olamiga bo‗linishga nisbatan ko‗proq ahamiyatlidir. Ushbu bo‗linish 
(sionabakteriyalar) prokariotlarga, sodda hayvonlar zamburug‗lar va 
qolgan boshqa suvo‗tlar eukariotga kiritildi. 
Oziqlanish tiplari 
Fototrof 
Osmotrof 
Golozo

Eukariot 
to‗qima 
tuzilishi 
Plantae- 
o‗simliklari 
--- 
Animalia- 
hayvonlar 
Makro 
O‗
l
cham

b
o‗
y
ic
h

Eukariot bir 
va ko‗p 
hujayrali 
Suvo‗tlar 
Mycota 
zamburug‗lar 
Soddal
ar 
Mezo-mikro 
Prokariot 
ko‗pchiligi
bi
r hujayrali 
Procaryot
ae 
--- 
Mikro
Ultr
a mikro 
Siano- 
bakteriyalar 
Bakteriyalar, 
Aktinomisetla

Produesentl
ar 
Redusentlar 
Konsument
l ar 
Ekologik guruhlar 
1- Rasm. Tirik tabiat shoxliklari 



Yer yuzidagi tirik mavjudodlar, ikkita asosiy ta‘rifiga nisbatan Ya‘ni 
oziqlanish va tana tuzilishi tipiga ko‗ra ettita guruhga bo‗linadi va tirik 
tabiatning 4 ta olami shakllanadi. 
1. 
O‗simliklar Plantae, fotosintezlovchi eukariot organizmlarni 
birlashtiradi. (bir hujayrali suvo‗tidan tortib, o‗tkazuvchi sistemasiga ega 
bo‗lgan to‗qima tuzilishli yopiq urug‗lilarni o‗z ichiga oladi). Bular 
organik moddani hosil qiluvchi Ya‘ni dastlabki produsentlar hisoblanadi. 
2. 
Hayvonlar-Animalia bularga bir hujayrali sodda tuzilishli golozoy 
tipida oziqlanuvchi eukariot organizmlardan tortib tanasi murakkab, 
to‗qima tuzilishli, mutaxassislashgan organlar sistemasidan iborat bo‗lgan 
organizmlar kiradi. Bular organik moddani har xil miqdorda iste‘mol 
qiluvchilar Ya‘ni konsumentlardir. 
3. 
Zambrug‗lar-Mucota bir va ko‗p hujayrali, miselial tuzilishli, 
osmotrof oziqlanuvchi, eukariot organizmlarni o‗z ichiga oladi. Organik 
moddalarning asosiy parchalovchisi (chirituvchi) redusentlardir. 
4. 
Prokariotlar
Procaruotae 
deyarli 
ko‗pchiligi 
mikroskopik 
tuzilishga ega bo‗lgan organizm bo‗lib, oziqlanish tipi bo‗yicha fototrof va 
osmotroflarga bo‗linadi. Tirik tabiat olamining 4 ta shoxlikka bo‗linishi, 
qachonkim barcha bir hujayrali eukariot organizmlar bitta protistatlarga 
birlashtirilganda saqlanib qoladi. Bunga suvo‗tlar, zamburug‗lar va sodda 
hayvolar birlashtiriladi. 
Tuproqda yuqoridagi 4 ta shoxliklarning barcha vakillari uchraydi. 
Tuproqda yuksak o‗simliklarning ildizlari rivojlanadi, suvo‗tlari tuproqning 
yuzasida va uning qatlamlarida yashaydi, hayvolar tuproqda yashashga 
moslashgan holda undan foydalanadilar, ba‘zi birlari tuproq g‗ovaklarida 
agregatlararo bo‗shliqlarda, tuproqdagi suv shakllarida doimiy yashasa
boshqalari hayotining bir qismini tuproqda o‗tkazadilar, uchinchi birlari 
tuproqda uylar, g‗ovakliklar hosil qilib tuproq qovushmalarini o‗zgartiradi. 
Tuproqda yashovchi soddalar asosan uning suyuq muhiti faol hayot 
kechiradilar, mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan zambrug‗lar,
bakteriyalar, 


10 
aktinomisetlar tuproq zarrachalari ustiga yopishib olib, u yoki bu darajada 
rivojlangan jamoalar hosil qiladi. Ba‘zi bir bakteriyalar tuproqning kapilyar 
g‗ovakliklaridagi suvlar bo‗ylab harakatlanib hayot kechiradi. 
Tuproqda yashovchi barcha tirik organizmlar to‗plami tuproq biotasi 
degan nomni oladi. Bu termin taksonomik birliklarga ajralmaydi. 
Biota-bu tuproqda yashovchi barcha organizmlarning umumiy bir 
birlikda olib qaralishiga aytiladi va u ba‘zan Edafon deb ataladi. Quyida 
biz tuproqda yashovchi barcha tirik organizmlarning taksonomik birlik 
asosida, moddalarning kichik biologik aylanishidagi ekologik ahamiyatga 
qarab, 
dastlabki 
moddani 
hosil 
qiluvchilardan 
boshlab, 
uni 
parchalovchilargacha ketma-ket ko‗rib o‗tamiz. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling