Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
I- Bo‘lim. O‘SIMLIKLAR
1.1. Tuproq suvo‘tlari. Tuproq suv o‗tlarining juda ko‗pchiligi mikroskopik tuzilishga ega. Boshqa mikroorganizmlarga qaraganda tuproq suvo‗tlarini qurollanmagan oddiy ko‗z bilan oson farqlash mumkin. Ular nam tuproq yuzasida yashil va ko‗kyashil qobiq parda, pardasimon dog‗ hosil qiladi. Bunday xodisalar «tuproqning gullashi» nomini oladi. Bunday holatlar yerta bahorda o‗simliklar bilan qoplanmagan quyosh nurida yaxshi qizigan tuproq yuzida bo‗ladi. Bu davrda 1sm 2 tuproq yuzasidagi hujayralar soni 20 mln donagacha borib ularning bir gektardagi umumiy biomassasi 1500 kg ga etadi. Yozda suvo‗tlarining dog‗larini nam bo‗lgan ochiq joylarda ko‗plab ko‗rish mumkin, suvo‗tlari tog‗ qoyalarida daraxtlarning tanalarida nam etarli bo‗lgan yuzada rivojlanadi. Tuproq suvo‗tlari deb yashash muhiti doimiy ravishda tuproq bilan bog‗liq bo‗lganlarga aytiladi. Bularni quyidagicha guruhlarga bo‗lish mumkin. 1. Tuproq yuzasida yashaydiganlar Ya‘ni etarli shart-sharoit bo‗lganda tuproq yuzasida parda yoki qoplama hosil qilib rivojlanadi. 11 2. Suvli tuproq yuzasida yashovchi Ya‘ni doimiy ravishda o‗ta nam tuproqda, suvli muhitda rivojlanadi. 3. Tuproq qatlamlarida yashovchilar. Suvo‗tlari barcha tuproqlarda uchraydi, lekin ularning soni va biomassasi, tuproqning namligi, sho‗rligi va yoritilish sharoitiga qarab aynan bir tuproqning o‗zida ham turlicha bo‗ladi. Yuksak o‗simliklar bilan to‗liq qoplanmagan tuproqlarda suvo‗tlarining soni 1 gr tuproqda 5 mingdan tortib 1,5 mln. donagacha bo‗lishi mumkin. Suvo‗tlarining umumiy biomassasi tuproq iqlim sharoitiga va tuproqning holatiga qarab bir gektar maydonda bir necha yuz kg ni tashqil etadi. Haydaladigan tuproqlarda, o‗rmon tuproqlariga nisbatan bir necha baravar ko‗p bo‗ladi. Suvo‗tlari fotoavtotrof organizmlar bo‗lib biogenetik sistemada, dastlabki organik moddani sintezlovchi o‗simliklar guruhiga qo‗shilgan. Yyer usti biogesenozida suvo‗tlarining mahsuldorligi yuksak o‗simlilarnikiga nisbatan bir necha baravar kam bo‗ladi, lekin ularning biomassasi o‗zgaruvchan bo‗lib, qulay iqlim sharoitlarida ko‗plab to‗planib tuproqda yashovchi mikrooganizmlarga va umurtqasiz hayvonlarga oziq bo‗ladi. Suvo‗tlari organik moddalarni dastlabki hosil qiluvchilar qatorida biogeosenoz endigina shakllanib kelayotgan tog‗li hududlarda vulqonlarning otqindi jinslari ustida va qaytadan tiklanayotgan yyerlarda juda katta ahamiyatga ega. Tuproq suvo‗tlari taksonomik jixatdan bir neta bo‗limlarga bo‗linadi, lekin tuproqda barcha bo‗limning vakillari ham uchrayvyermaydi. Tuproqda yashovchi suvo‗tlar 2000 turni tashqil etadi. Tuproqda ko‗kyashil va yashil suvo‗tlar 500 turni tashqil qilsa, diatomlar 300 turni, sariq yashillari 150 turni va evglenasimonlar bir necha turni tashqil qiladi. Qizil suvo‗tlardan tuproqda faqat bitta tur uchraydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling