Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekulyar daraja
- Qurilmaning ishchi zonasi darajasi
1.4-misol. Har qanday biotexnologik jarayonning eng muhim
elementlaridan biri bu reaksiyalarni bajarishda ishtirok etadigan mikroorganizmlarning hayotiy faolligidir. Ammo har qanday organizmning hayotiy faoliyati - bu sistemaning barcha xususiyatlariga ega bo„lgan murakkab jarayon. Shuning uchun u texnologik jarayonning quyi sistemai hisoblanadi. Ko„p sonli sistemalarda quyi sistemalar ierarxiyasi mavjud: sistema birinchi darajali quyi sistemalardan iborat bo„lib, ularning har biri ikkinchi darajali quyi sistemalar va hokazolardan tashkil topgan va darajalar soni juda katta bo„lishi mumkin. Bunday hollarda, odatda, sistemaning o„zini tutishini tahlil qilish, eng past darajadan boshlab, so„ngra yuqori bosqichlarga o„tish qulay bo„ladi. Shunday qilib, kimyoviy texnologik jarayon uchun M.G.Slinko taklif qilgan matematik modelning ierarxik tuzilishi ishlatiladi. Model bir bosqichdan ikkinchisiga jarayonni tavsiflashda ketma -ket o„tish yo„li bilan qurilgan. Molekulyar daraja - molekulalar orasidagi masofa tartibida sodir bo„ladigan jarayonlarning tavsifi. Ularning fonuniyatlari birinchi navbatda kimyoviy kinetikaning namunalaridir. Kichik hajm darajasi, ularda masalan, bitta katalizator donasida yoki ko„pikning barbataj qavatidan ko„tariishi va uning atrofida oqayotgan suyuqlikda yoki nasadkali kolonkaning bitta nasadka elementida va h.z.larda o„ralgan bitta o„rash elementidagi amalga oshadigan jarayon ifodalanadi. Bu erda oldingi darajadagi qonuniyatlar endi etarli emas, ularni issiqlik va massa almashish jarayonlarining qonuniyatlari bilan to„ldirish kerak. Bir vaqtning o„zida uzatish jarayonlarining oqimi sharoitida kinetik qonuniyatlarning tahlili makrokinetika deb nomlangan ilmiy yo„nalishning predmetidir. Qurilmaning ishchi zonasi darajasi (katalizator to„shagi, ko„pikli to„shak, qadoqlangan to„shak va boshqalar), bunda oqim harakatining tabiati bilan bog„liq ta‟sirlar hisobga olish kerak. Ba‟zi hollarda (masalan, bir hil reaksiyalarda) birinchisidan bu darajaga to„g„ridan- 14 to„g„ri o„tish mumkin. O„tish paytida ishchi zonalarning soni, konfiguratsiyasi, o„zaro bog„liqligi va o„zaro joylashuvi hisobga olinadigan apparat darajasi hisobga olinadi. Masalan, apparatda bir nechta katalizator qavatlari iborat va ular orasida oraliq issiqlik almashinuvchilari joylashgan bo„lishi mumkin. Qurilma darajasi, unda apparatlvr o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik hisobga olinadi. Yuqori darajadagi har qanday bir darajadan ikkinchisiga o„tishni tavsiflovchi quyi darajadagi modellar va nisbatlardan iborat. Bunday yondashuv jarayonni qismlarga ajratgan holda analiz qilish va modellashtirishga imkon beradi, bu esa tahlilni ancha soddalashtiradi, shu bilan birgalikda struktura – bog„lanish tabiati darajasi bog„liqligini ko„zdan qochirmaydi. Sistemaning tashqi aloqalari. "Sistema" tushunchasiga ta‟rif berilar ekan, uning elementlari o„rtasidagi aloqalarning alohida ahamiyati haqida gapirmasdan bo„lmaydi. Dinamik sistemalar uchun tashqi aloqalar - sistemaning atrof-muhit bilan o„zaro ta‟siri ham muhim. Tashqi aloqalar ikkita asosiy sinfga bo„linadi: dunyoning sistemaga ta‟siri - sistemaga kirishlar va sistemaning dunyoga ta‟siri - uning unumlari, sistemaning ishlash natijasi. Alohida holat – teskari aloqalar: sistemaning chiqishi uning kiritilishiga ta‟sir qiladi. Agar chiqish signalining kuchaytirilishi kirish signalining kuchaytirilishiga olib kelsa, ijobiy teskari bog„liqliq, agar chiqish signalining kuchayishi kirish signalining susayishiga olib kelsa, salbiy teskari aloqa amal qiladi. Qoidaga ko„ra, ijobiy teskari bog„liqliklarning ta‟siri sistemaning qo„zg„alishiga, uning faolligining kuchayishiga, noqulay holatlarda esa sistemaning "ishdan chiqishiga" olib kelishi mumkin. Aksincha, salbiy teskari bog„liqliklar sistemaning holatini barqarorlashtiradi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling