Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети


VIII BOB. KIMYOVIY-TEXNOLOGIK JARAYONLARNI


Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/96
Sana03.11.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1741716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи

VIII BOB. KIMYOVIY-TEXNOLOGIK JARAYONLARNI 
MAQBULLASHTIRISH 
154 
8.1. Kimyoviy-texnologik jarayonlar uchun maqbullashtirish 154 



masalalarining umumiy harakteristikasi (tasnifi) 
8.2. Maqbullashtiriladigan masalalarning yechish usullari 
162 
AMALIY TOPSHIRIQLAR 
165 
TESTLAR 
184 
GLOSSARIY 
206 
FOYDALANISHGA TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR 214 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



SO„Z BOSHI 
Muayyan murakkab ishlab chiqarish texnologiyasini amalga 
oshiruvchi 
har 
qanday 
kimyoviy, 
oziq-ovqat, 
farmatsevtika, 
mashinasozlik ishlab chiqarishi ko„plab qurilmalar va ular orasidagi 
texnologik aloqalardan iborat o„ziga xos kimyoviy-texnologik tizimdir. 
Bunday ishlab chiqarishni loyihalash va ishlatish ma‟lum bir mavzu 
bo„yicha chuqur bilim va ko„nikmalarni talab qiladi. 
Yangi kimyoviy-texnologik tizimlarni ishlab chiqishda yoki 
mavjud bo„lgan tizimni yangilashda asosiy vazifa sifatli mahsulotni 
iqtisodiy jihatdan kerakli hajmda olish imkonini beradigan kimyoviy 
ishlab chiqarish muhitini yaratishdir.
Mavjud kimyoviy-texnologik tizimlardan foydalanilganda, ishlab 
chiqarishning shunday boshqarish tizimini yaratish kerakki, unda yuqori 
unumdorlik va kam harajatlar bilan talab etilgan darajadagi sifatli 
mahsulotni olish va ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni ta‟minlasin.
Kimyoviy-texnologik jarayonlarni ishga tushirishda nafaqat ishlab 
chiqarishni tashkil etishni hamda uning loyihalashda texnologik 
sxemaga qo„yilgan funksiyalarini tushunishi, balki xom-ashyo 
parametrlarining o„zgarish imkoniyatlari, mahsulotga qo„yilgan talablar 
hisobga olinishi hamda uning manbaalaridagi ma‟lum saflardagi 
o„zgarishlar natijasida qurilmaning ish parametrlaridagi uzluksiz 
o„zgarishlar, bo„lishi mumkin bo„lgan halokatlar, ishga tushurish, 
to„xtatish va h.z.larga aralashish imkoniyati bo„lishi kerak.
"Kimyoviy-texnologik tizimlarni matematik modellashtirish" 
kursining 
maqsadi 
kimyoviy-texnologik 
jarayonlarni 
yaratish 
tamoyillarining asosiy tushunchalari, vazifalari va ularni hisoblash 
usullarini o„rgatish, shuningdek, talabalarni kimyoviy-texnologik 
jarayonlarning keng tarqalgan elementlarini modellarini yaratish usullari 
bilan tanishtirishdir. 
Darslik 5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi 
uchun mo„ljallangan “Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik 
modellash” dastur asosida yozilgan. Unda massa almashinuvi, energiya 
almashinishi, sorbsiya jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini 
matematik modellash va ular asosida hisoblashlarga alohida e‟tibor 
qaratilgan. Olingan natijalarning kimyoviy-texnologik jarayonlarni 



loyihalashda qo„llanilishi bo„yicha tavsiyalar berilgan.
“Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash” darsligi 
5320400-Kimyoviy texnologiya bakalavr ta‟lim yo„nalishi talabalari 
uchun mo„ljallangan bo„lib, undan 5A320400-Kimyoviy texnologiya
magistri mutaxassisligi bo„yicha ta‟lim oladigan talabalar ham
foydalanishi mumkin. 
Darslik birinchi marta o„zbek tilida yozilganligi uchun xato va 
kamchiliklardan holi emas. Darslikni mazmuni va sifatini yaxshilashga 
qaratilgan har qanday taklif va mulohazalar mualliflar tomonidan 
mamnuniyat bilan qabul qilinadi (
m_nurali@mail.ru
, 140104, 
Samarqand sh., “Universitet” xiyoboni, 15, Fizikaviy va kolloid kimyo 
kafedrasi). 

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling