Samarqand davlat
Download 4.13 Mb.
|
Korrelyatsion tahlil o„zgaruvchi 𝑦 (chiqish parametri) va 𝑥1 (omillar) kattaliklari tasoddifiy kattaliklar va ular o„rtasida korrelyatsion bog„lanish mavjud degan shartga asoslangan, unda bir kattalikning o„zgarishi bilan boshqasining taqsimlanishi o„zgaradi.
Bog„liqlikni darajasini miqdoriy baholash uchun tanlangan korrelyatsiya koeffitsiyenti xizmat qiladi. Uch tipdagi korrelyatsiya koeffitsiyentini ajratish mumkin: Oddiy korrelyatsiya koeffitsiyenti yoki juftli korrelyatsiya koeffitsiyenti, ikki o„zgaruvchi (𝑥 yoki 𝑦) o„rtasidagi bog„liqlik darajasini aniqlaydi va quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: bunda 𝑥̅, 𝑦̅ − 𝑥, 𝑦 o„zgaruvchilarning o„rtacha arifmetik qiymatlari; N – tajribalar soni; 𝑆𝑥, 𝑆𝑦 − tasoddifiy kattaliklarning o„rtacha kvadratik chetlanishlari: Korrelyatsiya koeffitsiyenti chiziqli bog„liqlikning darajasini harakterlaydi. Agar 𝑥 va 𝑦 tasoddifiy kattaliklar aniq chiziqli bog„liqlikda, ya‟ni 𝑦̂ = 𝑏0 + 𝑏1𝑥 bo„lsa, u holda 𝑟𝑥𝑦 = ±1, bunda korrelyatsiya koeffitsiyentining ishorasi 𝑏1 koeffitsiyentining ishorasiga mos keladi. 𝑥 va 𝑦 tasoddifiy kattaliklar ixtiyoriy stoxostik bog„liqlikda bo„lsa, u holda korrelyatsiya koeffitsiyenti ixtiyoriy intervaldagi qiymatni qabul qilishi mumkin, ya‟ni: −1 ≤ 𝑟𝑥𝑦 ≤ 1. Agar 𝑟𝑥𝑦 = 0 bo„lsa, 𝑥 va 𝑦 bog„liq emas, korrelyatsiya yo„q. 𝑟𝑥𝑦 > 0 da 𝑥 va 𝑦 o„rtasida musbat korrelyatsiya (𝑥 oshishi bilan 𝑦 oshadi), 𝑟𝑥𝑦 < 0 da esa manfiy korrelyatsiya (𝑥 oshishi bilan 𝑦 kamayadi) mavjud. Korrelyatsiya koeffitsiyentining ±1 dan keskin farq qilishi tasoddifiylik ulushining juda kattaligi va tasoddifiy kattaliklar o„rtasidagi egri chiziqli bog„liqlik ulushining juda kattaligi bilan harakterlanadi. Ikki tasoddifiy kattaliklar o„rtasida korrelyatsiya borligi yoki yo„qligini korrelyatsiya maydonining ko„rinishi bo„yicha sifat jihatdan fikr yuritish mumkin (7.2-rasm). 7.2-rasm. Tasoddifiy kattaliklarning korrelyatsiya maydoni a) 𝑥 va 𝑦 o„rtasida kuchli musbat korrelyatsiya; b) kuchsiz korrelyatsiya; c) korrelyatsiya yo„q. Tanlangan korrelyatsiya koeffitsiyenti bo„yicha tasoddifiy kattaliklar bog„liqligini baholashga korrelyatsion tahlil deyiladi. Korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi formulalardan foydalanish qulay: ∑(𝑥i − 𝑥̅)(𝑥i − 𝑦̅) = ∑ 𝑥i𝑦i − ∑ 𝑥i ∑ 𝑦i (7.8) 𝑁 1 ∑ 𝑥2 ( ∑ 𝑥2)2 − i (𝑁 − 1)𝑆2 = ∑ 𝑥2 − (∑ 𝑥2)2; 𝑆2 = 𝑁 𝑥 i 𝑁 i 𝑥 𝑁 − 1 − i 1 ∑ 𝑦2 ( ∑ 𝑦2)2 (𝑁 − 1)𝑆2 = ∑ 𝑦2 − (∑ 𝑦2)2; 𝑆2 = 𝑁 𝑦 i 𝑁 i 𝑦 𝑁 − 1 bunda N – tajribalar soni; 𝑆2, 𝑆2 – x va y kattaliklarning tanlangan dispersiyalari. 𝑥 𝑦 Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti berilgan o„zgaruvchilarning boshqa o„zgaruvchilar bilan bog„liqligi bartaraf etilgandan keyin ikki o„zgaruvchi o„rtasidagi chiziqli bog„liqlikni o„lchaydi. y ning x1 va x2 ga bog„liqligini tadqiq etishda x1 va x2 o„rtasidagi korrelyatsiya va y va x2 o„rtasidagi korrelyatsiya y va x1 o„rtasidagi korrelyatsiyaga ta‟sir etadi. x2 ning ta‟sirini bartaraf etish uchun y va x1 o„rtasidagi korrelyatsiyani x2 = 0 da o„lchash kerak. Xususiy 𝑟𝑦𝑥1·𝑥2 koeffitsiyent x2 ning y ga ta‟siri bartaraf etilganda x1 ning y ga ta‟sir darajasini baholaydi: 𝑟𝑦𝑥1·𝑥2 𝑟𝑦𝑥1 − 𝑟𝑦𝑥2 · 𝑟𝑥2𝑥1 = ; 1 1 (1 − 𝑟2 )2(1 − 𝑟2 )2 𝑦𝑥2 𝑥1𝑥2 𝑟𝑦𝑥1·𝑥2 koeffitsiyent x1 ning y ga ta‟siri bartaraf etilganda x2 ning y ga ta‟sir darajasini baholaydi: 𝑟𝑦𝑥2·𝑥1 𝑟𝑦𝑥2 − 𝑟𝑦𝑥1 · 𝑟𝑥2𝑥1 = . 1 1 (1 − 𝑟2 )2(1 − 𝑟2 )2 𝑦𝑥1 𝑥1𝑥2 Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling