Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


 – rasm. Venchur kapital yordamida innovatsiyalarni o„zlashtirish


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

18.1 – rasm. Venchur kapital yordamida innovatsiyalarni o„zlashtirish 
Ushbu 
yondashuv 
bilan 
kompaniya 
buyurtma 
asosida 
innovatsion 
mahsulotlarni ishlab chiqaradi, shu bilan ishlab chiqish va tajriba amalga oshirish 
xavfini minimallashtiradi, investor g‗oya haqida ishonchli ma‘lumotga ega bo‗ladi va 
innovator daromadning bir qismi shaklida zarur mablag‗larni oladi. Shunday qilib, 
venchur kapitali iqtisodiy kategoriya sifatida investorlarning va innovatsion 
kompaniyalarning innovatsiyalar uchun intellektual mulkni tan olish va baholash 
jarayonida innovatsion korxonani yaratish va rivojlantirishda uzoq muddatli 
investitsiya kiritish, investitsiyalarni kafolatlash va xavflarni oldini olish va 
daromadlarni o‗zaro foydali taqsimlash jarayonida o‗zaro munosabatlarni ifoda etadi. 
Iqtisodiy harakteriga ko‗ra, venchur moliyalashtirish – bu boshlang‗ich badalni (ustav 
Royalti 
G‗oya 
Daromadlar 
Tovar 
Tovar 
Buyurtma 
Foiz 
Investitsiyalar 
VENCHUR KAPITALI 
ISHLAB CHIQARISH 
BOZOR 
INVESTOR 
INNOVATOR 


366 
kapitaliga qo‗shiladigan ulush) tezda ko‗paytirish va keyinchalik bozor narxida 
amalga oshirish maqsadida istiqbolli firmalar, kompaniyalarni yaratish va 
rivojlantirishning zamonaviy shakli. Venchur kapital qo‗yilmalar uzoq vaqt, risk 
elementlari, kompaniyani boshqarishda ishtirok etish va dividendlar ko‗rinishidagi 
kapitalga nisbatan ko‗proq daromad olish bilan bog‗liq. Venchur kapital qo‗yilmalari 
quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
- uzoq muddatli – uch yildan yetti yilgacha; 
- investitsiya ob‘ektlari – venchur kapital egalarining fikriga ko‗ra 
innovatsiyalarni ishlab chiqish yoki amalga oshirish yoki biznes-jarayonlarni qayta 
qurish orqali o‗zlarining bozor narxlarini tez oshirib borishga qodir bo‗lgan 
kompaniyalar; 
- investor, boshqaruv kompaniyasi orqali investitsiya qiymatini oshiradigan 
venchur kapital egalarining tajribasi va aloqalari asosida qo‗llab-quvvatlash va 
maslahat berish maqsadida investitsiya qilingan kompaniyaning boshqaruv jamoasi 
bilan hamkorlik orqali investitsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
- kapital qo‗yilmalarning rentabelligi ko‗proq investitsiya davri oxirida kapital 
qiymatining oshishi shaklida bo‗ladi. 
Venchurli moliyalashtirish innovatsion zanjirning barcha elementlariga ta‘sir 
qilmaydi, odatda tajribali ishlab chiqarish bilan boshlanadi va bozorda innovatsion 
mahsulotni ishga tushirish bilan yakunlanadi, fundamental tadqiqotlar va mahsulot 
ishlab chiqarish va sotishni yanada rivojlantirish masalalariga ta‘sir qilmasdan. 
Venchurli moliyalashtirish manbalari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
- innovatsion korxona muassislari va uning sheriklarining mablag‗lari; 
- uchinchi tomon ixtisoslashgan (venchur) investorlar va kreditorlarning 
mablag‗lari. 
Hozirgi vaqtda texnologik innovatsiyalarni moliyalashtirishning asosiy 
manbalari korxonalarning o‗z mablag‗lari: foyda, amortizatsiya, ustav kapitali, 
qimmatli qog‗ozlar chiqarilishidan keladigan daromadlar va moliyaviy-sanoat 
guruhlarining resurslari. Texnologik qayta jihozlashga yo‗naltirilgan investitsiyalar 
manbalari tarkibi jahon investitsiya bozori tarkibiga yaqinlashdi, ularning qariyb 65-


367 
70 foizi korxonalarning shaxsiy mablag‗lari bo‗lib, ularning 80 foizi amortizatsiya va 
20 foizi sof foyda hisoblanadi. Bu borada jahon ishlab chiqarish bozorlariga chiqish 
uchun O‗zbekiston yangi raqobatbardosh loyihalarni ishlab chiqishi zarur. Ushbu 
maqsadlar uchun venchur fondlari tashkil etiladi. Bunday fondlarni tashkil etishning 
mohiyati 
eng 
ilg‗or 
ishlanmalar 
sohasidagi 
innovatsion 
loyihalarni 
moliyalashtirishdagi xatarlarni qoplashdir. Venchur fond – bu o‗z hisobvaraqlariga 
mablag to‗playdigan tashkilot bo‗lib, keyinchalik innovatsiyalarni joriy qilishdan 
yoki patentlangan nou-xauga ega bo‗lish huquqiga ega bo‗lish imkoniyatini baham 
ko‗rishda ishtirok etish asosida istiqbolli ishlanmalarga investitsiya qilinadi. 
Venchur kapitali fondini venchur kapital egasi boshqaradi. Uning o‗zi 
innovatsion kompaniyalarga kapital qo‗ymaydi. Venchur kapital egasi – bu venchur 
fondiga mablag kiritgan sindikatlangan (jamoaviy) investorlar va ushbu aksiyalarni 
sotib olgan innovatsion kompaniya o‗rtasida vositachi. Jamg‗arma tomonidan olingan 
foyda investorlarga tegishli va venchur kapital egasi ushbu foydaning faqat bir 
qismiga tayanishga haqlidir. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling