Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Asosiy vositalar (av) samaradorligini


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

Asosiy vositalar (av) samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash yo‘llari. 
Ko‘rsatkichlar tizimi 
AV.ning qaytimi 
(AV.Q) 
AV.ning daromadliligi 
(AV.D) 
AV.ning rentabelligi 
(AV.R)
A.V.Q =
V
A
Q

A.V.D 
=
V
A
Daromadlar
.
100

A.V.R =
V
A
foyda
.
100

1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
qancha natija 
(mahsulot, tovar 
oboroti va h.k.) 
to‘g‘ri kelishini
1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
to‘g‘ri keladigan 
daromadlar summasi
1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
qancha foyda to‘g‘ri 
kelishi
 
 
13.4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar
statistikasi ahamiyati 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish tizimi, xo‘jalik yuritish 
mexanizmi tubdan o‘zgardi. Turli mulk shakliga asoslangan korxonalar erkin raqobat 
sharoitida faoliyatlarini moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun tahlil qilishlari 
lozim. Chunki rejali iqtisodiyotda boshqarishni asosiy masala rejani bajarishga 
qaratiladi, bozorli iqtisodiyotda esa raqobatda yengib chiqish uchun hamma e’tibor, 
foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. 
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashda mavjud aylanma 
mablag‘lardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ularni doimo 
tahlil qilib turish lozim. Korxona aylanma mablag‘larini statistik o‘rganganda ularning 


179 
hajmini hisobot davrida qanday o‘zgarganligini, korxona aylanma mablag‘lar bilan 
ta’minlanganligini, ulardan samarali foydalanish darajalarini aniqlash lozim. 
Aylanma mablag‘larni tahlil qilish uchun asosiy manba, korxona balansi aktiv 
qismining II “Joriy aktivlar” bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘limda hisobot yili boshiga va 
oxiriga quyidagi aylanma mablag‘lar qoldig‘i ko‘rsatiladi: 
ishlab chiqarish zahiralari, chorva mollar, tugallanmagan ishlab chiqarish, 
tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi debitorlardagi 
mablag‘lar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan tashqari, buxgalteriya hisoboti boshqa 
shakllari, statistik hisobot, auditor tekshiruvi ma’lumotlari, inventarizatsiya va boshqa 
ma’lumotlardan ham foydalanish zarur. 
Korxona aylanma mablag‘larini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, unga 
ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib, xulosa va takliflar qilish lozim. 
Bu takliflar amalda qo‘llansa korxonalar moliyaviy ahvoli mustahkamlanib, 
raqobatga bardoshli bo‘ladi. 
Umuman aylanma mablag‘larni o‘rganganda, ularning holati, aylanma 
mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni, hamda aylanma mablag‘lardan samarali 
foydalanganlikni o‘rganish lozim. 
Aylanma mablag‘lar holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi: 
- aylanma mablag‘larning ma’lum sanaga umumiy summasi; 
- aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibida pul mablag‘lari hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi zahiralar va xarajatlar hissasi
- aylanma mablag‘lar tarkibida debitorlik qarzlar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini: 
- aylanma mablag‘lar belgilangan me’yorlarining haqqiqiy miqdori bilan 
ta’minlanganlik koeffitsienti; 
- korxona asosiy vositalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar; 
- korxona xodimlariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar kabi ko‘rsatkichlar 
ifodalaydi.. 
Korxona aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik tezligi (kunlarda); 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsienti yoki har bir so‘m aylanma 
mablag‘lar korxona faoliyati davomida necha marta aylanganligi
- aylanma mablag‘lar rentabelligi; 
- aylanma mablag‘lar daromadliligi; 
- debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti; 
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mabalag‘lar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi 
quyidagi sxemada berilgan. 


180 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling