84
6.6. Tanlab kuzatish usulining amaliyotda
qo‘llanilishi
Statistika amaliyotida tanlama kuzatish statistik ma’lumotlarni olishning asosiy
usuli sifatida keng qo‘lamda qo‘llaniladi. Davlat statistikasi asosan quyidagi ishlarni
amalga oshirishda tanlab kuzatish usulidan foydalanadi:
1) Yalpi ma’lumotlarni tanlab kuzatish:
2) Ishchi, xizmatchilar va tadbirkor oilalarning byudjetlarini tanlab o‘rganish:
3) aholini ro‘yxatga olishda tanlab kuzatish usulidan foydalanish:
4) Mahsulotlar va tovarlar sifatini nazorat qilishda:
5) Ishchi, xizmatchilar va tadbirkorlar daromadlarining
tarkibini va uy
sharoitlarini kuzatishda:
6) Yakka xo‘jalik va dehqon xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini hisobga olishda:
7) Aholining xalq iste’moli tovarlariga bo‘ladigan talabini o‘rganishda:
8) Korxonalarda ish vaqtidan foydalanish samaradorligini o‘rganishda:
9) Bozor kon’yukturasini o‘rganishda:
10) Boshqaruv samaradorligini aniqlashda va
shu singari ishlarni amalga
oshirishda qo‘llaniladi.
Tanlama kuzatish iqtisodiyotning hamma sektorlarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: