Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

9.1. Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari 
Indeks so‘zi lotincha «indlex» atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi 
ma’nosida ishlatiladi. 
O‘zining mohiyati jixatidan indekslar ham statistikada umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi. 
Statistik indekslar bizga ma’lum bo‘lgan boshqa umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Chunki indekslar hodisa va jarayonlarning nafaqat nisbiy 
jihatdan o‘zgarishini, balki bu o‘zgarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillari ta’sirini ham 
mutloq jixatdan aniqlash imkonini beradi. Indekslar yordamida umum o’lchovga ega 
bo‘lmagan turli xildagi masalalar, jumladan, murakkab to‘plamlarning ikki va undan 
ortiq davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarish, shartnoma va davlat buyurtmalarining o‘rtacha 
bajarilish darajasi, turli ob’ekt yoki xududlar miqyosidagi o‘zaro nisbatlari shuningdek 
murakkab to‘plamlar orasidagi bog‘lanish kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli 
aniqlanadi. 
Statistik indekslar deb o‘zaro qo‘shib bo‘lmaydigan elementlardan tashkil 
topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil bo‘ladigan 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichga aytiladi. 
Indekslar quyidagi belgilarga qarab tasniflanadi: 
- o‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab; 
- to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab; 
- hisoblash uslubiga qarab; 
O‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab, indekslar hajm va sifat 
ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi. 
Birinchi guruh indekslariga sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fizik hajm 
indekslari, chakana tovar oboroti, milliy daromad, iste’mol va shu singari indekslar 
kiradi. Bu indekslarning hammasida miqdor bir xil taqqoslama narxlarda bo‘ladi. 


111 
Ikkinchi guruh indekslarga narx indekslari, tannarx indekslari, mehnat 
unumdorligi, hosildorlik indekslari kiradi. 
To‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab, indekslar yakka (individual) 
va umumiy indekslarga bo‘linadi.
Umumiy indekslar hisoblanish uslubiga qarab, agregat indekslariga va o‘rtacha 
indekslariga bo‘linadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling