108
“DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI” bobi bo‘yicha
TESTLAR
1. Qatorlarning qaysi biri mutloq (absolyut) miqdorlardan tashkil topgan
dinamik qator hisoblanadi?
A. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari aholisining 1990-1996 yillardagi
zichligi
B. 2000-2006 yillar mobaynida sanoat tarmog‘ida
mehnat unumdorligi
C. Respublika Davlat byudjetining bir necha
yillik daromadlari
D. 2000-2006 yillar mobaynida don ekinlarining hosildorligi
2. Quyidagi keltirilgan qaysi payt dinamik qatori hisoblanadi?
A. O‘zbekistonda bir necha yillar mobaynida qazib olingan ko‘mir
B. Tumanning davlatga paxta topshirish rejasining bajarilishi foizini oy
boshidan boshlab berilishi
C. Oylar boshida berilgan tovar
zaxiralari summasi
D. Samarqand aeroportining bir oyning har bir kuni bo‘yicha
tashigan
yo‘lovchilar soni
3. Dinamik qator darajasi nimani tasvirlaydi?
A. Bir davr darajasini ikkinchisiga bo‘lgan nisbati
B. Bir ko‘rsakichning ikkinchisidan qancha
farq qilishini
C. Absolyut qo‘shimcha o‘sishining tasvirini
D. Hodisa darajasini ma’lum sanadagi yoki davrdagi holati
4. Payt dinamik qator darajasi quyidagi formulaning qaysisi bilan aniqlanadi (son
orasidagi vaqt o‘zaro teng bo‘lmagan holda) ?
A. u=(up+u1)/(p-1)
B. u=sum(yi* ti)|(sum(ti)
C. y=(y1/2+y2+…+yn/2)/(n-1)
D. u=sumy/p
5. Davlat byudjetiga keyingi uch yil mobaynida kelib tushgan soliq tulovlari
miqdorlari 30% ortdi. Har yilliy o‘rtacha o‘sish foizi aniqlansin?
A. 0,3 %
B. 9,15 %
C. 8,5 %
D. 10 %