Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Yakka iqtisodiy indekslar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
9.2. Yakka iqtisodiy indekslar 
Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, biri - joriy (hisobot), ikkinchisi - 
o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr deyilganda indekslashtirilayotgan hodisaning 
solishtirilayotgan darajasi tushuniladi. U “1” satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. 
Bazis davr deyilganda taqqoslash asosi qilib olingan daraja tushuniladi, uni “0” satr 
osti ishorachasi orqali ifodalash qabul qilingan. i va I lar esa mos ravishda yakka 
(individual) va umumiy indekslarni ifodalaydi.
Yakka iqtisodiy indekslarni hisoblash uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
quyidagicha belgilash qabul qilingan. 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Belgisi 
O‘tgan davr 
(bazis) 
Joriy davr 
1. Mahsulot fizik hajmi 
(miqdori) 

q
0
q
1
2. Mahsulot narxi (bahosi) 

p
0
p
1
3. Mahsulot bir birligining 
tannarxi

Z
0
Z
1
4. Mahsulotga sarflangan 
harajatlar 
С 
С
0
С
1
5. Mahsulot bir birligiga 
sarflangan vaqt 

t
0
t
1
6. Mehnat unumdorligi

v
0
v
1
7. Tovar aylanmasi 
Qp 
q
0
p
0
q
1
p
1
Yakka iqtisodiy indekslar yakka (alohida) voqea-hodisalarning davr (vaqt) 
mobaynida o‘zgarishini ifodalaydi. Yakka iqtisodiy indekslar bu voqea-hodisalarning 
joriy davri ko‘rsatkichini o‘tgan davr bilan taqqoslab (bo‘lib) uning o‘zgarishini 
indeksda ko‘rsatadi.
Mahsulot fizik hajmi (miqdori) indeksi aniq biror mahsulotning (xizmatning) 
joriy davrdagi miqdorini (q
1
) o‘tgan (bazis) davrdagi ishlab chiqarilgan miqdoriga (q
0

bo‘lish bilan aniqlanib, ushbu davrda bu mahsulot ishlab chiqarish hajmi indeksda 
qanday o‘zgarganligini bildiradi.
Misol: sement zavodi joriy oyda 800 t mahsulot ishlab chiqardi. O‘tgan yili shu 
oyda zavod 600 tonna sement ishlab chiqargan edi. Demak, mahsulot fizik hajmi yakka 
indeksi i=q
1
:q
0
=800:600=1,33. Bu zavod joriy oyda o‘tgan davrga nisbatan sement 
ishlab chiqarish hajmini 33 foizga ko‘paytirganini bildiradi.


112 
Bahoning (narxning) yakka indeksi joriy davrda biror-bir mahsulot (tovar, 
xizmat) turining narxi o‘tgan davrga nisbatan qanday o‘zgarganligini bildiradi. 
Shuning uchun ham biror mahsulot joriy davrdagi bahosini (p
1
) o‘tgan davrdagi 
bahosiga (p
1
) bo‘lib topiladi.
Misol: Samarqand Marmar bozorida 1 kg kartoshkaning narxi 2018 yil aprel 
oyida 2800 so‘m bo‘lsa, shu yil may oyiga kelib kartoshkaning narxi 2500 so‘m 
bo‘lgan. Kartoshkaning narxi indeksi ip=p
1
:p
1
=2500:2800=0,893 ya’ni 1 kg 
kartoshkaning narxi ushbu davrda 10,7 % ga (100,0-89,3%) pasaygan.
Mahsulot bir birligining yakka narxi indeksi ham aniq biror turdagi mahsulot 
(xizmat) joriy davrdagi tannarxining (Z
1
), shu mahsulotning o‘tgan davrdagi 
tannarxiga (Z
0
) bo‘lish bilan topiladi. Tannarx muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri. 
Faoliyat yurituvchi sub’ektlar yakka tannarx indeksi orqali bu ko‘rsatkichning qanday 
o‘zgarayotganligini o‘rganib borishi lozim. Tannarx foyda ko‘rsatkichiga bevosita 
ta’sir qiluvchi omildir. Shuning uchun ham tannarxni pasaytirish (mahsulot sifatiga 
ta’sir qilmasdan) choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
Xuddi shunday boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yakka indekslar 
hisoblonadi. Ularni quyidagicha yozish mumkin.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling