107
“DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI” bobi bo‘yicha
TAYANCH IBORALAR
Dinamika qatorlari deb ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni ma’lum davr
(vaqt) ichida tavsiflovchi raqamlardan tashkil topgan qatorlarga aytiladi.
Dinamika qatorlarni ifodalovchi raqam miqdorlar
daraja (D) deyiladi.
Hodisa, jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi darajalardan
tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar deyiladi.
Hodisalarning ma’lum bir sanadagi, paytdagi holatini ifodalovchi darajalardan
tashkil topgan dinamika
qatorlari payt (momentli) dinamika qatorlari deyiladi.
Mutloq miqdorlar asosida hisoblab topilgan o‘rtacha
va nisbiy miqdorlar
qatorlari
hosilaviy dinamika qatorlari deyiladi.
“DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI” bobi bo‘yicha
SAVOLLAR
1. Dinamika qatorlari mohiyati va ularni tashkil etuvchi elementlar.
2. Dinamika qatorlarni tuzishda talab qilinadigan shart - sharoit va qoidalar.
3. Dinamika qatorlarning turlari.
4. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qo‘llanadigan asosiy ko‘rsatkichlar.
5. Mutloq o‘zgarish (qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish) qanday hisoblanadi.
6. O‘zgarish sur’ati (o‘sish yoki kamayish sur’ati)
qanday hisoblanadi va uning
mohiyati nima.
7. Qo‘shimcha o‘zgarish (o‘sish yoki kamayish) sur’ati qanday hisoblanadi.
8. Dinamika qatorlarda o‘rtacha daraja qanday hisoblanadi.
9. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda davr oralig‘ini kengaytirish (kattalashtirish)
usulining mohiyati nima.
10. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda o‘rtacha sirg‘anma usulining mohiyati nima.
11. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda analitik tekislash usulining mohiyati nima?
12. Dinamika qatorlarda mavsimiylik ta’siri qanday aniqlandi.
13. Interpolyatsiya mohiyati va hisoblash usullari.
14. Ekstrapolyatsiya mohiyati va hisoblash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: