Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Transport xizmatlarining rivojlanishi
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
17.3.2. Transport xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan transportning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Transportning barcha turlari : temir yo‘l, avtomobil transporti, havo yo‘llari transporti rivojlandi. YAngi temir yo‘l liniyalari qurildi, eskilari modernizatsiya – elektrofikatsiya qilindi. Avtomobil transportida Asakadagi engil avtomobillar, Samarqanddagi avtobus, avtomashinalar zavodlarining qurilib ishga tushirilishi O‘zbekistonni 293 avtomobillar ishlab chiqaruvchi, mamlakatlar safiga qo‘shdi. Havo transportida ham aerodromlar zamonaviy tarzda ta’mirlandi, samolyotlar parki yangilandi. Bu o‘zgarishlar transport xizmatlari ko‘rsatkichlarining rivojlanishiga olib keldi. 15.3-jadval Transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi dinamikasi 11 y i l l a r Jamiga nisbati, % 2021 yil 2021 yil 2006 yilga nisbatan, % 2006 2011 2016 2021 YUk tashish hajmi, mln. tonna 812,8 827,52 1132,5 2 1420,2 100,0 174,7 SHu jumladan Temir yo‘l transporti 50,0 59,2 67,6 72,0 5,1 144,0 Avtomobil transporti 689,8 708,4 1 002,8 1 282,0 90,2 185,9 Quvur yo‘llari orqali 73,0 59,9 62,2 66,2 4,7 90,7 Havo transportida ming tonna 6,6 30,7 26,5 9,1 0,1 137,9 15.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuklarni tashish xizmati bo‘yicha avtomobil transporti asosiy o‘rinni egallaydi. Mamlakat miqyosida xalqaro, Respublika ahamiyatidagi yo‘llarning kengaytirilishi va zamon talablariga javob beradigan tarzda qayta ta’mirlanish, mahalliy yo‘llarning qattiq qoplamalar bilan qoplanish, yangi yo‘llarning qurilishi yuk tashishni avtomobil transortida tashishni yaxshiladi. Avtomobil transportining yuk tashishdagi hissasi 2021 yil 90,2 % ni tashkil etgan. Mamlakat transportida yuk tashish hajmi yildan – yilga o‘sib bormoqda. Agarda Respublika bo‘yicha 2006 yilda 812,8 mln tonna yuk tashilgan bo‘lsa 2021 yilda bu ko‘rsatkich 1420,2 mln. tonnaga etgan, ya’ni 174,7 % ga oshgan. Jadval ma’lumotlari Respublikada barcha transport turlari bo‘yicha yuk tashish xizmati rivojlanganligini ko‘rsatadi. Lekin avtomobil va havo yo‘llari bo‘yicha 11 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2 294 yuk tashish xizmatlari yuqori sur’atlar bilan rivojlangan. Bunday sur’atlarga yangi havo yo‘llarining ochilishi va avtomobil yo‘llarining qurilishi ham ta’sir qilgan, albatta. Transport xizmatida yukni tashish bilan bir vaqtda, bu yuklarni qancha masofaga tashilgani ham muhimdir (transport vositalaridan foydalanish maqsadi ham yuklarni kerakli masofagacha tashib, manzilga etkazishdan iborat). SHuning uchun ham yukni tashilgan masofa bilan bog‘lab, ya’ni yuk aylanmasi ko‘rsatkichini (t/km) ko‘rib chiqamiz. Transport xizmatlari yuk aylanmasi mutloq miqdorlarda muttasil ravishda oshib bormoqda. Agarda barcha transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi hajmi 2006 yilda 73,4 mlrd. t/km bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 74,8 mlrd. t/km ga etgan, ya’ni 101,9% ga o‘sgan. Transport turlari bo‘yicha yuqori sur’atlar bilan havo transporti xizmatining o‘sayotganligini jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi. Bu transport xizmatlari ushbu davrda 393,4 % ga o‘sgan, ya’ni 2006 yilda 77,1 mlrd. t/km yuk aylanmasi bo‘lsa, 2021 yilga kelib 303,5 mlrd. t/kmga etgan. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling