Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
15.4. Sug‘urta xizmatlari statistikasi 15.4.1. Sug‘urta xizmatlarining mohiyati va statistika vazifalari Sug‘urta xizmatlari deyilganda turli noxush xodisalar oqibatida (tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila va transport falokatlari va shu kabilar) yo‘qotiladigan zararlarni qoplash uchun maqsadli pul zaxiralarni (fondlarini) shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Insonlar uz kundalik yumushlarida ishga borish va ishdan qaytish uchun transport vositalaridan foydalanadilar. Bunday turli transport vositalaridan foydalanish jarayonida baxtsiz xodisalar bo‘lmasligiga xech kim kafolatlay olmaydi. Shuning uchun ham kishilar baxtsiz hodisalar ro‘y berganda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun o‘z hayotlarini sug‘urta qildiradilar. Faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining, fuqarolarning turli xil mol-mulklari mavjud. Bu mol-mulklarga tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila) yoki yong‘in natijasida juda katta zarar yetkazilishi mumkun. Bunday xollarda kishilar yashaydigan joyigan, kiyadigan narsalardan ajralishi mumkun. Bunday vaziyatda insonlar qiyin iqtisodiy axvolga tushib qoladilar. Xo‘jalik yurutuvchi subektlarda (korxonalar, firmalalarda) tabiy ofatlar ro‘y berganda katta iqtisodiy zarar ko‘rib, faoliyatini davom ettiraolmasligi mumkun. Agarda bunday vaziyatlarda kishilar hayoti va subektlar mol-mulki sug‘urtalangan bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari tomonidan bu zararlar oldindan jamg‘arilgan sug‘urta 298 jamg‘armasi mablag‘idan qoplanadi. Qadimgi Rim va Yunonistonda shaxsiy sug‘urta paydo bo‘lganligi, o‘rta dengiz orqali kemalarda tashiladigan yuklarni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida yozilgan. Sug‘urta xizmatlari iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borgan sari kengayib borgan. Kapitalistik munosabatlar rivojlanib, chet mamlakatlarga tovarlar sotish kengayganligi sababli, mulklarni sug‘urtalash zaruriyati ko‘paygan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘ziga xos bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lini tanladi. Xalq xo‘jaligini juda ko‘pgina tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar xususiylashtirildi, yangidan juda ko‘p turli mulk shakliga asoslangan xo‘jalik yurituvchi su’bektlar paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda O‘zbekistonning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari rivojlandi. Agarda Respublika tashqi savdo aylanmasi 1991-yilda 2063.2 mln. AQSH dollarda bo‘lsa, 2021-yilga kelib O‘zbikistonning tashqi savdo aylanmasi 28323,2 mln. AQSH dollariga yetdi ya’ni 13,7 barobardan ko‘proqqa ko‘paydi. O‘zbekiston aholisi esa 35,0 mln kishidan ortdi. Aholining ko‘payishi, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosda rivojlanishi mustaqil O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarining ham rivojlanishini taqozo qildi. O‘zbikiston Respublikasi Prezidenti raxbarligida sug‘urta xizmatlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun xuquqiy baza yaratildi. O‘zbikiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 2021 yil 23 noyabrda (yangi tahrirda) qabul qilindi. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun sug‘urta sohasida tajribadan o‘tgan milliy amaliyot va xalqaro tamoyillarga asoslangan bo‘lib, 10 ta bob va 72 ta moddani o‘z ichiga oladi. Qonun bilan quyidagi asosiy o‘zgarishlar amaliyotga joriy etilmoqda: • sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin; • sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi; • sug‘urtalovchilarning, sug‘urta brokerlarining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari malaka talablariga muvofiq bo‘lsa tayinlanadi; 299 • sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sug‘urtalovchilar belgilangan prudensial normativlarga rioya etishi shart 15 . Sug‘urta xizmatlari hozirgi paytda sug‘urta bozorida amalga oshirilib, unda sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi sug‘urta agentlari, sug‘urta brokerlari qatnashadi. Sug‘urtalovchi O‘zbekistonda belgilangan xuquqiy asoslarga asoslanib tuzilgan maxsus sug‘urta tashkilotlari (korxonalari, kompaniyalari va shu kabilar) bo‘lib, shu xizmat bilan shug‘ulanish bo‘yicha litsenziya olgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlari o‘zlarining agentlari yordamida sug‘urtalanuvchilardan sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta badali yig‘ib, maxsus sug‘urta jamg‘armasi (fondi) tuzadi va uni ishlatadi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling