Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
15.5-jadval Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish hajmi dinamikasi 13 Ko‘rsatkichlar 2006 2011 2016 2021 2021 yil 2006 yilga nisbatan % soni hissasi % Tashilgan yo‘lovchilar, mln.kishi 4 188,5 4 507,8 5 560,4 6 029,7 100,0 143,9 temir yo‘li 12,1 14,9 20,5 7,9 0,13 65,3 avtomobil 4 043,6 4 410,9 5 480,8 5 914,2 98,08 146,3 trolleybus 16,6 0,7 0,8 0,5 0,01 3,01 13 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2 296 tramvay 46,3 15,3 2,7 2,3 0,04 5,0 metropoliten 69,0 63,9 53,5 101,8 1,69 147,5 havo yo‘li 1,0 2,1 2,1 3,0 0,05 300 15.5-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmi yildan-yilga ko‘payib, 2006 yildagi 4188,5 mln. kishidan 2021 yilga 6029,7 mln. kishiga, ya’ni 143,9 foizga oshgan. Yo‘lovchilar tashish asosan avtomobil va havo transport turlarida ko‘paygan. Ushbu yillarda bu transport turlari yuqori sur’atlar bilan tegishli ravishda 146,3 va 300,0% larga oshgan. 15.6-jadval Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi dinamikasi 14 Ko‘rsatkichlar 2006 2011 2016 2021 2021 yil 2006 yilga nisbatan % Soni hissas i % Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi-km 49,8 92,4 126,0 137,0 100,0 275,1 temir yo‘li 2,1 3,0 4,0 3,1 2,26 147,6 avtomobil 42,2 82,5 114,9 127,9 93,36 303,1 trolleybus 0,1 0,02 0,02 0,01 0,01 10,0 tramvay 0,2 0,1 0,01 0,01 0,01 5,0 metropoliten 0,5 0,5 0,4 0,7 0,51 140,0 havo yo‘li 4,7 6,2 6,7 5,3 3.87 112,8 Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchilar tashish tarkibiga e’tibor bersak, bu borada avtomobil transporti eng katta hissani, ya’ni 93,36 foizni tashkil etar ekan. Demak, asosan yo‘lovchilar avtomobil transporti bilan tashilar ekan. Lekin keyingi yillarda sifatli vagonlarning olib kelinishi, yo‘lovchi tashuvchi yangi liniyalarning ishga tushirilishi, havo transportida yangi laynerlarning ko‘payishi hamda yangi havo 14 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2 297 yo‘llarining ochilishi bu turdagi transportlarning ham yo‘lovchilarni tashishda yuqori sur’atlar bilan rivojlanishga imkoniyat yaratadi. Transportda yo‘lovchilarni tashish bilan bir vaqtda, ularni qancha masofaga olib borish ham muhim. SHuning uchun ham yo‘lovchilarning soni (mln. kishi) bilan bir vaqtda ularning qancha masofaga tashilganini ifodalovchi yo‘lovchi – aylanmasi muhim ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkichni Respublika miqyosida o‘rganganimizda yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 2,7 baravarga (275,1%) o‘sganligini, ya’ni 2006 yilda 49,8 mlrd. yo‘lovchi kishi/km bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda 137,0 mlrd. yo‘lovchi kishi/kmga etganligini ko‘ramiz. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha juda yuqori sur’atlar bilan avtomobil transporti rivojlangan (303,1 %), temir, metropoliten va havo yo‘llari transportlarida ham sezilarli rivojlanish bor (tegishli ravishda 147,6 %, 140,0% va 112,8%). Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling