Samarqand rossiya mustamlakasi davrida
XX asr 30-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar davrida Samarqand
Download 45.1 Kb.
|
3-seminar (копия)
XX asr 30-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar davrida Samarqand. 1931 yil avgust oyida Samarqand tezkor sektori bo‘yicha 700 xonadon va 3680 kishi «quloqlar» sifatida O‘zbekistondan badarg‘a qilingan. «Quloq» qilinib, o‘z yurtidan surgun qilinganlar Yuqori Darg‘om tumanida 250 xonadon va 1152 kishi, Payariq tumanida 50 xonadon va 447 kishi, Kattaqo‘rg‘on tumanida 75 xonadon va 349 kishi, Qoradaryo tumanida 125 xonadon va 678 kishi, Narpay tumanida 200 xonadon va 1053 kishidan iborat bo‘lgan.
Shimoliy Kavkazdagi mehnat posyolkalarida aksariyat Samarqand va Buxoro okruglaridan surgun qilinganlar yashashgan. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, 1931 yili Samarqand okrugidan 700 xonadon (3680 kishi), Shimoliy Kavkazga surgun qilinganlar. Samarqand shahri va uning atroflarida yashovchi o‘rtahol dehqonlar hamda o‘ziga to‘q xonadonlar vakillari ham «quloq» sifatida badarg‘a qilingan. «Milliy Ittihod» tashkilotining Samarqand sho‘basi faollaridan bo‘lgan Qozi Haydarbek Abdusaidov va Kamoliddin Husainov 1937 yil 21 noyabrda favqulodda «uchlik» qarori bilan otishga hukm qilingan. Shuningdek, To‘laboy Jo‘raboyev, Zayniddin Nasritdinov, Abdulqodir Shakuriy, Rojiy Nasritdinov 1937 yil 12 sentabrda, hibsga olinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jadid ziyolilaridan Hoji Muin 1938 yil 24 yanvarda qamoqqa olinib, NKVD huzuridagi «uchlik» hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Samarqand atrofidagi Oqdaryo va boshqa tumanlarda sovetlarga qarshi faoliyat ko‘rsatgan yashirin milliy tashkilot a’zolaridan bir guruhi 1937 yilda qamoqqa olingan. Xullas, sovet hokimiyatining dastlabki chorak asr davridagi siyosiy o‘zgarishlar shahar hayotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan. Kommunistik mafkuraga asoslangan sovet jamiyati XX asr 20-30-yillarida butun mamlakatda bo‘lgani singari Samarqandda ham o‘zining xalqqa qarshi qatag‘on siyosatini yuritdi. Siyosat, madaniyat va jamoat arboblari bilan birgalikda minglab oddiy samarqandliklar bu davrda qatag‘on qurboni bo‘lishdi. Bu yillarda shahar hayotida yuz bergan ayrim ijobiy o‘zgarishlar esa ushbu yo‘qotishlar va talafotlarning soyasida qolib ketadi. Download 45.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling