Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Samarqand muhim madaniyat markazi va shahardagi madaniy jarayonlar


Download 45.1 Kb.
bet14/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Samarqand muhim madaniyat markazi va shahardagi madaniy jarayonlar. YUNESKO tashabbusi bilan 1969 yili sentabrda Samarqandda O‘rta Osiyo xalqlarining temuriylar davri san’atiga bag‘ishlangan Halqaro simpoziumi bo‘lib o‘tadi. 1970 yili oktabrda Samarqand shahrining 2500 yilligi dunyo miqyosida tantana qilinadi. Samarqandda 1978, 1983 va 1987 yillarda O‘rta va Yaqin Sharq an’anaviy musiqasiga bag‘ishlangan Halqaro musiqa anjumanlari o‘tkazildi. (1997 yildan boshlab Samarqandda har ikki yilda bir marta muntazam ravishda «Sharq taronalari» halqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda)
1982 yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, o‘rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar va XIX asrning so‘nggi choragi va XX asrda qurilgan yangi shahardagi tarixiy binolar, O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi muzeyi va uning bo‘limlari, shuningdek, tarix va o‘lkashunoslik muzeylari asosida Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi tuziladi.
Samarqand musiqa madaniyati azaldan turkiy va forsiy xalqlarning an’analari o‘zaro qo‘shilib ketganligi bilan ajralib turgan. Musiqa bilan sozanda, xonanda va bastakorlar qatori Samarqandda shoir va olimlar ham shug‘ullangan. Hoji Rahimberdi, Borux hofiz, Ota Jalol Nosirov, Levicha hofiz, Qori Yoqub, Kamol hofiz, Ma’rifatxon, Maqsadcha va boshqa xonandalar, askiyachi va raqqos Hoji Qurbon (Hoji Tam-tam) faoliyat ko‘rsatgan. Samarqandda 1928 yildan O‘zbek musiqa va xoreografiya instituti (hozirgi O‘zbekiston badiiy akademiyasining san’atshunoslik instituti) faoliyat ko‘rsatgan. Bu yerda keyinchalik o‘zbek musiqashunosligining darg‘alari bo‘lib yetishgan mashhur M.Ashrafiy, M.Burxonov, T.Sodiqov, Sh.Ramazonov va boshqa kompozitorlar ta’lim olgan_. Samarqandda aka-uka maqomchi xonanda va sozandalar Mixail Aronovich Mullaqandov (1896-1956) va Gabriel Aronovich Mullaqandov (1900-1971) yashagan va ijod qilishgan.
XX asr 80-yillarida Samarqand shahrida 4 ta Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati o‘zbek davlat musiqali drama teatri (1911 yilda asos solingan), A.P.Chexov nomidagi Samarqand rus drama teatri (1918 yilda tuzilgan), Samarqand opera va balet teatri (1964 yil tashkil topgan) va Asror Jo‘rayev nomidagi Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri (1978 yilda tuzilgan) mavjud bo‘lgan.
XX asrning o‘rtalari va ikkinchi yarmi Samarqand adabiy hayotining ko‘tarilish va yangi ijodkorlar bilan boyish davri bo‘ladi. Mashhur davlat arbobi, atoqli yozuvchi va shoir Sharof Rashidov (1917-1983) o‘zining ilk ijodini Samarqandda boshladi. O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Dushan Fayziy (1927 yilda hozirgi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan), «Samarqandnoma» (1973), «Urgut qasidasi» (1994) va boshqa she’riy asarlarida Samarqand jamolini jo‘shib kuyladi. Jamoat va siyosat arbobi Haydar Yahyoyev (1927 yili Samarqand shahrida tug‘ilgan) va ijod qilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Barot Boyqobilov (1937-2006) «Samarqand satrlari» (1962), «Samarqand ushshog‘i» (1969), «Afrosiyob» (1970) va boshqa she’riy to‘plamlarida Samarqand shahrining qo‘hna tarixi va bugungi kunini tasvirladi. U Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureanti (1994) unvoniga sazovor bo‘ladi.
O‘zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotida samarqandlik taniqli ijodkorlar O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron (1952 yili tug‘ilgan) hamda yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Do‘st (1949 yilda tug‘ilgan)ning alohida o‘rni bor. Shuningdek, samarqandlik shoirlar va yozuvchilar Mamarasul Boboyev (1911-1969), Azim Suyun (1948 yili tug‘ilgan), Bibisora Turobova, Xosiyat Bobomurodova, Mardonqul Muhammadqulov, Raim Farhodiy, Nusrat Rahmatov, Bobomurod Daminov, Abduvali Qutbtddin va boshqalar bu davrda samarali ijod qilishadi.
Samarqand shahri XX asrda O‘zbekistonning yirik fan va ta’lim markazlaridan biriga aylandi. Samarqandda mahalliy millat vakillaridan ilmiy kadrlar tayyorlashda Samarqand Davlat universiteti katta rol o‘ynadi. 1941 yilda universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. O‘zbekiston Davlat Universiteti 1960 yildan Samarqand Davlat universiteti (SamDU) deb atala boshladi. SamDU O‘zbekistondagi eng yirik va keksa oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, uni Sharof Rashidov, Muso Mo‘minov, Ibrohim Mo‘minov, Yahyo G‘ulomov, Vafo Mo‘minov, Hamid Olimjon, Uyg‘un, Amin Umariy, Hasan Po‘lat, Oydin, Usmon Nosir, Mirtemir, Asqar Muxtor, Tolib Mo‘minov, Botir Valixo‘jayev, Ubay Orifov, Mavlon Vahobov, Hamid Inoyatov, Abdurahmon Hamroyev, Farhod Qosimov kabi mashhur insonlar tugatgan.
Samarqandda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti (1929 yili O‘zbekiston Davlat paxtachilik instituti va O‘zbekiston zooveterinariya instituti negizida tashkil etilgan). Samarqand meditsina instituti (1930 yilda tashkil etilgan). Samarqand kooperativ instituti (2004 yil 26 martda uning bazasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil qilindi). Samarqand pedagogika instituti (1939 yili Samarqand Davlat pedagogika va o‘qituvchilar instituti nomi bilan tashkil qilindi. 1992 yili bu institut SamDUga qo‘shib yuborildi. Keyinchalik Samarqandda oltinchi oliy o‘quv yurti – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand me’morchilik va qurilish instituti (1966)ga asos solindi. Bundan tashqari, shaharda harbiy komandir-muhandislar tayyorlovchi Samarqand avtomobilchi komandir - muhandislar oliy harbiy bilim yurti 1969 yil 20 noyabrda tashkil topdi. Shuningdek, Samarqandda 17 ta texnikum va 27 ta professional-texnika bilim yurti mavjud bo‘lgan (1976).
Samarqandda bundan tashqari, sovet davrida ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston hududidagi moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish uchun O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti negizida 1970 yili Samarqandda O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti tashkil qilinadi_. Institutni tashkil qilishda akademik Yahyo G‘ulomovning xizmati katta bo‘ladi. Domlaning vafotidan so‘ng Arxeologiya instituti uning nomi bilan atalmoqda. Samarqand olimlaridan akademiklar Vohid Abdullayev (1912-1985), Botir Valixo‘jayev (1932-2005), Ibrohim Mo‘minov (1908-1974), Toshpo‘lat Shirinqulov, Tolib Mo‘minov, professorlar Muso Mo‘minov (1903-1969), Akrom Mo‘minov (1937-2001), Ahtam Mo‘minov, Muxtor Mo‘minov, Kamol Nabiyev, Nuriddin Shukurov (1930-1995), Saydulla Mirzayev, Isroil Mirzayev, Muslihiddi Muhiddinov, Ibodulla Mirzayev va boshqalar sovet hokimiyati yillarida kommunistik mafkuraning kuchli tazyiqlariga qaramay, barakali ijod qilishdi.
Samarqand shahrining XX asr tarixi shaharning Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati davridan hozirgacha bosib o‘tgan yo‘li oddiy va oson bo‘lmaganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Samarqand shahri hayotida 75 yillik sovet hokimiyati davrida muayyan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda katta yo‘qotishlar ham bo‘ladi. Biroq, kommunistik mafkuraning tazyiqlariga qaramasdan oddiy samarqandliklar bu yillarda o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan jonajon shaharlarini Sharqning eng zamonaviy sanoat, madaniyat va ilmiy markazlaridan biriga aylantira oldilar.
Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling