Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Download 45.1 Kb.
bet7/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Yangi usul maktablari. Graf Palen reviziyasi jarayonida Samarqandda 4 ta yangi-usul maktabini tekshiradi. Bu yangi maktablarda 200 dan ortiq bola o‘qigan. Yangi usul maktablari zamon talabi asosida vujudga keladi. Rasman maktab faoliyatiga ruxsat olish qiyinligi bois, ruxsatsiz faoliyat ko‘rsatgan maktablar ham ko‘p bo‘lgan. Bu maktablar davr ehtiyoji va qadim maktablarning islohoti hosilasi sifatida vujudga keldi. Ushbu maktablarda asosan o‘qitish usuli va zamonaviy dunyoviy fanlarga e’tibor beriladi. Bu maktablar milliy va zamonaviy Yevropa ta’limining uyg‘unlashgani hosilasi edi. Mavjud rus ta’lim dargohlaridan farqli ravishda milliy tarix va o‘zlikni asrash shakllantirishga xizmat qilgan.
Xullas, XX asr boshlariga kelib, madrasalar soni maktabning keyingi oliy ta’lim maskani sifatida aholi soni nisbatiga muvofiq oshib borsada, maktablarning va ulardagi o‘quvchilarning soni kamayib borgan. Bunga bir tomondan imperiyaning o‘lkadagi hukumati tomonidan an’anaviy ta’limning moliyaviy negizi bo‘lgan vaqflarning qisqartirilishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘lka xalqlari orasida milliy uyg‘onish va tiklanish harakati bo‘lgan jadidchilik harakatining keng tus olishi va o‘lka bo‘ylab, shu jumladan, Samarqand shahri va unga yaqin bo‘lgan yerlarda ko‘plab jadid maktablari ochilishi hamda mazkur maktablarga mahalliy bolalarning ko‘pchiligi jalb etilganligi bilan asoslanadi.
Ilm-fan va madaniyat. XX asr boshlarida shaharda 21 ta bosmaxona, 4 ta litotipografiya va 2 ta litografiya faoliyat ko‘rsatgan. Bosmaxonalarda asosan rus tilidagi kitoblar chiqarilar va ular badiiy adabiyot, ilmiy tadqiqotlar, ma’lumotnomalar va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat bo‘lgan. Nashrlarning ko‘pchiligi mazmunan imperiya hukumatining mavqeini yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishga qaratilgan edi.
XX asr boshlarida Samarqandda Ubaydullo Subhiy, Yaqubbiy Oshiqiy, Sipandiy Samarqandiy, Hodiy Samarqandiy, To‘g‘raliy Ahroriy, Mirzoakram Fikriy, Muhammad Xatoiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Siddiqi Ajziy, Saidahmad Vasliy, Abdujabbor Urgutiy, Ibrohim Saidkamolzodai Jur’at, Maseho Tamhidiy Samarqandiy, Ahmad Ravnaqiy, Orif Gulxaniy, Saidrizo Alizoda, Abdulqayum Qurbiy, G‘ulomrizo Kozimzoda, Abdulkarim Odiliy, Mirsarvar Urgutiy, Abdulg‘ani Javdot, Abdulqodir Jomiy, Nabiraxo‘ja Xil’at, Boqiy Samarqandiy, Faqir Shahrisabziy, Qori Sharofiddin Xubiy Samarqandiylar ijod qilgan.
Shaharning ruslar yashovchi qismi shakllanishi bilan jamoat muassasalari, teatr va musiqa yangicha shaklda aholi turmushida alohida o‘rin tuta boshladi. Shahar va uning atrof hududida ham istiqomat qiluvchi va xizmat qiluvchi rus aholisining hayoti imkon qadar yaxshilashga harakat qilingan.



Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling