Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Shahar aholisining ijtimoiy hayoti va xizmat ko‘rsatish sohalari


Download 45.1 Kb.
bet3/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Shahar aholisining ijtimoiy hayoti va xizmat ko‘rsatish sohalari
«Yangi shahar»da 13 ta quduq va 205 ta hovuzlar shaharni suv bilan ta’minlagan. Shahardagi xonadonlarning 70 foizi gigiyena talablariga javob bera olmagan. Shu bilan birgalikda, mavjud 813 ta xonadondan 654 tasi (yoki 70 %)ning tom qismi loy suvoqdan iborat bo‘lgan. Samarqand dov-daraxtlar ko‘pligidan qalin o‘rmonga o‘xshagan, shaharda balandligi 15-20 arshin (10,65-14,2 m) bo‘lgan teraklar, qayrag‘ochlar va boshqa daraxtlar shahar ko‘chalari bo‘ylab ikki qator qilib ekilgan.
Shaharning ruslar yashaydigan qismida taksi (ot-aravali yo‘lovchi tashish) xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, shaharda yuk tashish xizmati-izvoshlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
«Yangi shahar»da ikkita «Shimol» va «Parij» nomli yirik mehmonxona va beshta kichik nomerli mehmonxonalar bo‘lgan. «Shimol» mehmonxonasi Kattaqo‘rg‘on (hozirgi Mirzo Ulug‘bek) ko‘chasida joylashgan bo‘lib, narxi 50 kopeykadan 2 rublgacha, «Parij» mehmonxonasi Chelak va Kattaqo‘rg‘on ko‘chalari burchagida joylashgan. «Varshava» mehmonxonasi Konstantin ko‘chasida, «Fransuz» mehmonxonasi Aleksandrovskaya (hozirgi Shohrux Mirzo) ko‘chasida, «Sankt-Peterburg» mehmonxonasi Kaufman (hozirgi Alisher Navoiy) prospektida, «Yevropa» mehmonxonasi Aleksandrovskaya (hozirgi Shohrux Mirzo) va Kattaqo‘rg‘on (hozirgi Mirzo Ulug‘bek) ko‘chalari kesishmasida, «Moskva» mehmonxonasi Kattaqo‘rg‘on (hozirgi Mirzo Ulug‘bek) ko‘chasida joylashgan.
«Yangi shahar»da 12 ta kutubxona mavjud bo‘lib, ular asosan harbiylar, jamoat kengashi, statistik qo‘mita kutubxonalaridan iborat bo‘lgan. Ushbu kutubxonalarda 10 ming nomdagi kitoblar mavjud bo‘lgan va ular jamoa a’zolari va vaqtinchalik a’zolar uchun bepul berilgan.
XX asr boshlarida Samarqandda ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan kerosinli mashinalar paydo bo‘ldi. Bunday mashinalar yevropacha tirikchilikka moslashganlar uchun qulay sanalgan. Shahar ijtimoiy hayotida hammomlar ham muhim o‘rin egallagan. «Eski shahar»da hammomlarning umumiy soni 7 tani, yangi shaharda esa 4 tani tashkil qilgan. «Eski shahar»ning Buxoro darvozasi yaqinida, Qo‘shhovuz dahasida, Tamaki bozori yonida, Eshik bozorda, Payqoboq, Pilisafed va yahudiylar mahallasida hammomlar bo‘lgan. Hammomlarning alohida ayollar va erkaklar uchun ajratilmaganligi sababli unga aholi turli vaqtlarda kelgan.
Shaharda kir yuvish bilan shug‘ullanuvchi ayollar ham bo‘lgan. 1892 yilda kiyimlarni yuvish uchun Barbat (hozirgi Ro‘dakiy) ko‘chasida va Kaufman prospektining oxirida umumiy shahar kir yuvish xonalari qurilgan.
Samarqandda dastlabki shahar kasalxonasi 1872 yilda tashkil qilingan bo‘lib, dastlab 20 ta o‘ringa mo‘ljallangan. Keyinchalik kasalxona 50 ta o‘ringa kengaytirilgan_. 1885 yilning avgustida Samarqand shahrida mahalliy aholi uchun ayollar va bolalar ambulatoriyasi tashkil etilgan.
XX asr boshlarida Samarqandda stomatologlarning xususiy faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan. Bir qancha stomatologlar tomonidan tishni davolash va olish, oltin va farfordan (chinni mahsulot) tish qo‘yish ishlarini amalga oshirganlar.
Samarqandda ishlagan rus shifokorlari orasida S.B.Grachev – Gornovskaya (1886-1893), L.Simonova – Xoxryakova (XIX asrning 90-yillar), shuningdek, xususiy davolovchi shifokorlar A.V.Yakovleva – Poslavskaya (1895-1905), YE.M.Solnishkina (1914-1916)lar faoliyati muhimdir. M.Gersenshteyn, I.Kopitovskiy, V.Dobrovolskiy, A.Zubov va N.Sapojnikovlar harbiy shifokor sifatida ishlaganlar.
XX asr boshlarida turli yuqumli kasalliklar tarqalishi tufayli Bilfeld rahbarligida 1913 yilda «Shifokorlar jamiyati» tashkil etildi.
Imperiya hukumati jismoniy tarbiya masalasiga ham o‘z manfaati yuzasidan munosabat bildirgan. Samarqand shahrida 1911 yildan «Lochin» sport jamiyati o‘z faoliyatini boshladi. Romanovlar sulolasi hukmronligining 300 yilligi munosabati bilan Samarqandda yetimlarni homiylikka oluvchi Imperator qo‘l ostidagi maxsus Romanovlar qo‘mitasi tashkil etilgan. Qo‘mitaning maqsadi yetimlarni ijtimoiy kelib chiqishi, tabaqasi, sulolasi va diniy mansubligidan qat’iy nazar ularga homiylik qilish va shu maqsad yo‘lidagi hukumat, jamoat va xususiy faoliyatlarni birlashtirish bo‘lgan. Mariya Aleksandrovna vasiyligi ostidagi Turkiston o‘lkasi viloyatlari va Buxoro amirligida ko‘zi ojizlar jamiyati tuzilgan.
1912 yil 3 oktabrda Samarqand viloyatida qishlok xo‘jaligi jamiyati tashkil etildi. Maishiy turmushda tikuv mashinalari, mahalliy boylar uyida qandillar, oynali javonlar, kamen, kerosin lampalar, o‘tda qizdiriladigan dazmollar paydo bo‘ldi. Ro‘zg‘orda ilgari sopol, mis idishlardangina foydalangan mahalliy aholi turmushiga chinni idishlar, boy xonadonlarda qoshiq singari buyumlar kirib keldi.
Shaharning «yangi qismi»da qurilgan madaniy-ma’rifiy maskanlar, xususan, teatr, muzey, kutubxonalar, sayilgoh va xiyobonlardan rus ma’murlari, harbiylari, ziyolilari, chetdan kelgan yevropaliklar bahramand bo‘ldilar. Eng yaxshi imkoniyatlar amaldorlar, harbiylar, yevropalik aholining nufuzli qatlamlari uchun yaratilgan edi. Spirtli ichimliklar tayyorlovchi korxonalar, do‘konlar, qahvaxona, bufetlarning ko‘payishi bilan shaharda mahalliy mentalitetga yod bo‘lgan salbiy holatlar ichkilikbozlik, qimorbozlik kabi illatlar ham paydo bo‘ldi.
Shaharning zamonaviy infratuzilmasi vujudga kelgan yangi qismida rus aholisi madaniy hordiq chiqarganda mahalliy aholi yozning jazirama issig‘ida va sovuq qishda an’anaviy tomoshalarni bozor maydonida tik turib tomosha qilgan. Rus aholisi tosh yotqizilgan ko‘chalarda kezib yurganda, mahalliy aholi yozda chang, qishda loy ko‘chalardan yurgan. Bu jarayonlar mustamlaka sharoitidagi Samarqand shahri madaniyatida ziddiyatli holatlar edi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling