Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Samarqand shahrida ta’lim va uning xususiyatlari


Download 45.1 Kb.
bet5/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Samarqand shahrida ta’lim va uning xususiyatlari
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda ko‘p sonli madrasalar, boshlang‘ich maktablar, daloilxonalar (kattalar maktabi), qorixonalar, yahudiy maktablari, arman maktabi va qizlar maktablari faoliyat ko‘rsatgan.
Qorixonalar hamda daloilxonalar butkul diniy muassasa bo‘lgan va ular keng tarqalmagan. Ular dinni targ‘ib qiluvchi joy hisoblanib, ularda o‘qish ixtiyoriy, istakka qarab bo‘lgan.
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Samarqand shahrida ta’lim tizimida ko‘p sonli boshlang‘ich maktablar xalq savodini chiqarishda asosiy rol o‘ynagan. O‘lkada ta’lim tizimini nazorat qilish inspektor va uyezd boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan. Imperiya ma’murlari musulmon maktablari xonalarida Rossiya imperatori suratini osib qo‘yishni joriy etganlar. Bu orqali o‘lka mahalliy yoshlari ongiga imperiya ta’sir kuchini singdirish maqsad qilingan.
Samarqanddagi maktablar odamlarning uylarida, hujralarda va masjidlar qoshida faoliyat ko‘rsatib alohida binolarga ega maktablar juda kam bo‘lgan. Ular asosan mahalla guzarlaridagi oqsoqollar, davlatmand kishilar, eshonlar va ruhoniylar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shuningdek, xususiy maktablar ham bo‘lib, ularni maktab egasi odatda o‘z uyida ochgan. Bu maktablarda maktabdorning farzandlari va yaqinlari o‘qishgan. Bunday maktablar ommaviy bo‘lmay, moliyaviy ta’minlangan tabaqa vakillariga xos bo‘lib, ularning alohida binosi va xonalari ham bo‘lgan. Barcha mahallalarda hatto kichik qishloqlarda ham o‘z masjidi bo‘lgan va ular qoshida, albatta, maktab faoliyat yuritgan.
Samarqand shahrida qizlar maktabi ham faoliyat yuritgan. Qizlar maktabi mahalliy aholining qiz bola farzandlariga diniy va dunyoviy ilmlarni bergan. Shariat nuqtai nazaridan nafaqat Samarqand balki butun o‘lkada o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitilgan. Rossiya mustamlaka hukumati ham mahalliy aholining qiz farzandlari ta’limi uchun alohida boshlang‘ich maktablar joriy qilmagan. Shu bois, kam sonli musulmon qizlar maktabi xotin-qizlarning savodini chiqaruvchi asosiy ta’lim dargohi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Samarqandda yahudiylari o‘z madaniy markazi va boshlang‘ich maktabini ivrit tilida tashkil etilgan. Samarqanddagi yahudiylar maktablari mohiyatan, diniy ta’lim muassasi bo‘lib, boshlang‘ich maktab «xeder» deb nomlanib, unda 5-6 yoshdagi o‘g‘il bolalar 4 yil davomida tahsil olgan. Maktabning ikkinchi bosqichi iyeshivi (yoki xomloi xoxom) deb atalib, 10-11 yoshdagi o‘quvchilar tahsil olishgan. Bu bosqichda ivrit tili, ivrit tilidan yahudiy tojik tiliga tarjima qilish va matematika fanlari o‘qitilgan. Ularga yahudiy dini bilimdonlari ta’lim berishgan. Maktabni tugatgach, o‘quvchilar sinagoglarda «shoxet» (diniy marosim uchun qurbonlikka keltirilgan muqaddas jonliqni so‘yish huquqiga ega shaxs) lavozimida ishlash uchun rishut – ruxsatnoma olishgan.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling