Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Download 45.1 Kb.
bet6/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Samarqand madrasalari. 1892-1893 yillardagi m’lumotlarga ko‘ra Samarqand shahrida 25 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan.Samarqanddagi madrasalarning binosi talabga javob bermagan va ta’lim olish uchun noqulay bo‘lgan. Ularning barchasi ta’mirtalab bo‘lib, aksariyati falokatli darajaga kelib qolgan edi. Bu omil ham ta’lim sifatiga ta’sir qilganligi shubhasizdir.
Rus ta’lim muassasalari. Rossiya imperiyasi amaldorlari mustamlakachilik va ruslashtirish siyosatini maorif sohasi bilan olib borish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini yaxshi bilishgan. Samarqandda dastlabki rus maktabi 1870 yil 14 yaanvarda ochildi. Samarqandda xususiy rus ta’lim dargohlari ham faoliyat ko‘rsatib, ularda rus bilim yurtini imtihon topshirib bitirganlargagina dars o‘tishga ruxsat berilgan.
1906 yilga kelib, Samarqandda aralash sinfli maktablar (o‘g‘il va qiz bolalarni bir sinfda o‘qitish) faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu rus maktablari uchun xos bo‘lgan. Bu davrda yetuk bilimli, sanoat, temir yo‘l ishlarini biluvchi ishchilarga talab ortadi. Natijada hunar ta’limiga ham e’tibor beriladi. 1898 yilda Samarqandda 2 yillik erkaklar (68 ta o‘quvchi) va qizlar (49 ta tinglovchi) temir yo‘l o‘quv yurti ochiladi. Ruscha muomala qilishni o‘rganib olishgach, talabalar, rus tilida ariza, telegramma va boshqa xatlarni pul evaziga yozib berganlar. Maktabni bitirganlar ma’muriy idoralarda, banklarda, politsiya nazoratlarida ishlashgan, rus savdogarlari bilan yaqin aloqa o‘rnatishgan.
Rus-tuzem maktablari. Turkiston general gubernatori N.O.Rozenbax (1836-1901) mahalliy xalq farzandlari uchun ruscha boshlang‘ich maktablar faoliyatini tashkil qilgan. Bundan ko‘zlagan asosiy maqsad, mahalliy xalq orasidan hukumat uchun tarjimon va mutaxassislarni tayyorlashdan iborat bo‘lgan. Bu maktablarda rus tilini o‘qitish uslubi 1884-1897 yillarda tarjima usulida va 1897-1917 yillar davomida ko‘rsatmali uslubda olib borilgan.
1887 yilda Samarqand rus-tuzem maktabi huzurida kechki kurslar ochiladi. Bu kurslarga asosan til bilish zaruratga aylangan savdogarlar qatnashgan. Rus tilini o‘rgatish bo‘yicha kechki kurslar asta-sekin barcha rus-tuzem maktablarida tashkil etildi.
Islohotlar natijasida Samarqandda ham rus-tuzem maktablari soni ortgan. Masalan, 1896 yili Samarqand shahrida 4 ta rus-tuzem maktabi faoliyat olib borgan. Samarqanddagi rus ta’lim muassasalarining 1911 yildagi, 1914 yildagi, 1915 yildagi va 1916 yildagi holatini solishtirganda bu ta’lim dargohlardagi o‘quvchilar soni ba’zida kamayganini ba’zida ortib borganini ko‘rish mumkin. Bu maktablarda musulmon aholisi vakillari ko‘p bo‘lmagan.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya imperiyasi hukumati har qancha harakat qilmasin Samarqanddagi rus-tuzem maktablari mahalliy xalq hayotiga singib ketmadi. Keyinchalik yangi usul maktablari faoliyati bilan unga bo‘lgan ehtiyoj ham tugadi. Buning asosiy sababi bu maktablarning mahalliy aholi tili, dini, boy madaniyati va tarixini yo‘qotishga qaratilganligida edi. Bu maktablarda zamonaviy fanlarni o‘qitilishini tan olgan holda, ularning eng katta kamchiligi mustamlaka ruhida bo‘lganligida edi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling