Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Hunarmandchilik va savdo-sotiq munosabatlari


Download 45.1 Kb.
bet4/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Hunarmandchilik va savdo-sotiq munosabatlari
1883 yilda Samarqand shahrida 38 ta duradgorlik, 22 ta misgarlik, 38 ta bo‘yoqchilik, 170 ta etikdo‘zlik, 68 ta temirchilik, 49 chilangarlik, 18 ta zargarlik, 5 ta soatsozlik, 30 ta sartaroshlik, 8 ta tamakichilik, 1200 ta gilam to‘qish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. Ushbu korxonalarda 3000 ga yaqin ishchi mehnat qilgan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 103907 rublni tashkil etgan. Aynan shu yilda Samarqand shahrida 5 ta aroq zavodi, 2 ta vino, 2 ta pivo, 15 ta teri oshlash, 18 ta cho‘yan, 30 ta sopol idishlar ishlab chiqaruvchi, 14 ta sham ishlab chiqaruvchi, 8ta g‘isht va 145 ta yog‘ zavodlari faoliyat yuritgan. Bu zavodlarda 677 kishi mehnat qilib, yillik ishlab chiqarish hajmi 239987 rubldan iborat bo‘lgan.
Temiryo‘l tarmog‘ining Samarqand orqali o‘tishi natijasida shahar iqtisodiyoti rivojlandi, sanoatning va tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlari shakllana borgan. 1882 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand uyezdi va shahrida 33 ta hunarmandchilik turlari bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Ularning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: Qazilma mahsulotlarga ishlov berish; kulolchilik, g‘isht pishirish, cho‘yan-eritish, temirchilik, chilangarlik, misgarlik; Jonivorlar mahsulotlariga ishlov berish; terichilik, sovun tayyorlash, sham ishlab chiqarish, ipakchilik, sarrojlik va egarchilik, etikdo‘zlik, yashil sag‘riyon tayyorlash, kolbasa tayyorlovchilar; O‘simlik mahsulotlariga ishlov berish; vinochilik, mineral suvlar tayyorlash, suv tegirmonlari, juvozlar, novvoychilik va qandolatchilik, to‘quvchilik, tamakichilik (hidlanuvchi tamaki); Aralash ishlab chiqarish; mahalliy qandolatchilik, buyoqchilik, zargarlik, soatsozlik, sartaroshlik, nashr ishi (tipo-litografiyalar), suratchilik (fotograflar), rus kiyim tikuvchilari, bosh kiyim tayyorlovchilar, malyarlik-sirchilik.
1869 yilda Samarqand shahrida turli mahsulot va tovarlarni sotishga mo‘ljallangan 2414 do‘kon bo‘lgan. Bu so‘zsiz shaharning yirik savdo markazi bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bozorlar shaharning 1/3 qism maydonini egallagan. U bir tomondan shahar harbiy qo‘rg‘onidan to Shohi-Zinda mavzeigacha, ya’ni Toshkent darvozasigacha, ikkinchi tomondan shahar o‘rtasidan Qalandarxona va So‘zangaron darvozalarigacha cho‘zilgan. Bozorlar savdo faoliyatiga qarab ikkiga: kundalik va katta bozorlarga bo‘lingan.
XIX asr ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi karvonsaroylar soni 58 ta bo‘lib, ular turli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo majmualaridan iborat bo‘lgan. Mazkur karvon-saroylar savdo buyumi yoki uning asoschisini nomi bilan atalgan. Masalan, saroyi mayiz, saroyi ord, saroyi birinji mayda, saroyi tamoku furushi, saroyi rangubor furushi, saroyi shinni, saroyi Orifjonboy, saroyi Maxsum, saroyi Muhammad, saroyi Karimboy, saroyi Podshoxi, Jun saroy. Arxiv xujjatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat qushbegi saroyi birinchi qavatda 30 hujra, yerto‘lada uchta xona va omborxonaga ega bo‘lgan. Ikkinchi qavatida ham 30 ta xona mavjud bo‘lgan. Qo‘shhovuz guzaridagi Orifjon boy saroyida 45 ta xona bo‘lgan. Maxsum saroyida 14 ta xona va 7 ta do‘kon, Muhammad Karim boy saroyida 26 ta xona, Misgar saroyida 15 ta savdo xonalari bo‘lgan.
Bundan tashqari, shaharda 50 ta Rossiyadan keltirilgan turli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi, shu bilan birga, 394 ta mavsumiy mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlar ham bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida shaharda 3105 ta rastalar mavjud bo‘lib, savdo faqatgina do‘konlarda emas, balki rastalarda ham qizg‘in amalga oshirilgan.
1906 yilga kelganda Samarqandda choy bilan ulgurji savdo qiladigan 13 ta firma Otto Vogau, aka-uka Popovlar, Bauer, Ganshin, Proxorov, Gusev, Danilov, Sharovskiy, «Sindel i K», «A. Kuznetsov i K» firmalari, Filatov va aka-uka Kamenskiylar kabi rus va Pinxasev, Mullaqandov, Qalantarov kabi mahalliy yahudiy va Rizayev kabi eronlik savdogarlar qo‘lida bo‘lgan. Samarqandda choy savdosi bilan ikki peshavorlik (Hindiston) savdo firmasi shug‘ullanganligi haqida ham ma’lumotlar bor. Mahalliy savdogarlar asosan choy va Rossiyadan keltirilgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ushbu mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan rus va yahudiy savdogarlar shug‘ullangan.
Xullas, bu davrda sanoatlashuv natijasida ishlab chiqarishning ikki yo‘nalishi vujudga kelgan: birinchisi an’anaviy shakldagi hunarmandchilik ishlab chiqarishi bo‘lsa, ikkinchisi yangi sanoat tarmoqlari edi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling